Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Zidanning Chempionlar Ligasidagi bir yili

Zidanning Chempionlar Ligasidagi bir yili

Baho:
+ | -

2016 yil 4 yanvar kuni Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan Zayniddin Zidan Yevropa Chempionlar Ligasidagi ilk o‘yinini o‘tkazish uchun 17 fevralni kutishiga to‘g‘ri kelgan edi. Shundan buyon u jamoasi bilan musobaqa g‘olibiga aylanishga ulgurdi va hozirda nimchorakfinalning dastlabki o‘yinidan keyin chorakfinalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Shu munosabat bilan fransiyalik mutaxassisning Chempionlar Ligasida murabbiy sifatida o‘tkazgan ilk yiliga nazar solamiz.

Zidanning Chempionlar Ligasidagi ilk o‘yini 2016 yil 17 fevral kuni Rimda bo‘lib o‘tgan, hamda Krishtianu Ronaldu va Xesening gollari evaziga «Roma» 2:0 hisobida mag‘lub etilib, «Real»ning musobaqadagi 11-sovrini uchun dastlabki qadam tashlangandi. Madridda kechgan javob o‘yinida ham aynan shu hisobda g‘alaba qozonilgan edi.

Shundan keyin chorak finalda dastlab mehmonda «Volfsburg»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, Madridda 3:0 hisobida ustun kelgan «Real» yarimfinalda «Manchester Siti» to‘sig‘idan qiyinchilik bilan o‘tgan edi: Manchesterda 0:0, Madridda esa 1:0. Nihoyat finalda «Atletiko» bilan 1:1 hisobidagi durang va penaltilar seriyyaidagi g‘alaba. Avgustda esa Yevropa Superkubogida «Sevilya» qo‘shimcha bo‘limlarda 3:2 hisobida mag‘lub etildi.

2016/2017 yilgi mavsumda esa guruh bosqichida «Sporting» ikki marta 2:1 hisobida, «Legiya» esa 5:1 hisobida mag‘lub etildi. «Borussiya» bilan ikkala o‘yinda ham 2:2 hisobidagi durang qayd etildi, «Legiya» maydoniga qilingan safar esa 3:3 hisobida yakunlandi. «Real» 12 ochko bilan guruhda «Borussiya»dan keyin 2-o‘rinni egalladi va nimchorak final dastlabki o‘yinida «Napoli» 3:1 hisobida mag‘lub etildi.

Zidanning ushbu bir yili davomida «Real» 15 ta o‘yin o‘tkazib, ularning yettitasida asosiy vaqtda, bittasida qo‘shimcha bo‘limlarda va yana bittasida penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. Shuningdek, beshta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etildi. Madridliklar 31 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 15 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Shu tariqa Zidan qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Real» va Chempionlar Ligasi tarixidan joy oldi. Jumladan, u Xose Vilyalonga, Migel Munyos, Toni Barton, Guus Xiddink, Jo Fagan, Visente del Boske va Xosep Gvardiola singari ilk mavsumidayoq Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan murabbiylar ro‘yxatiga kirdi.

«Inter» bilan 1964 va 1965 yillarda Chempionlar Ligasida g‘oliblikka erishgan Elanio Erreradan keyin Zidan ushbu musobaqada g‘alaba qozongan tarixdagi ikkinchi fransuz murabbiyi bo‘ldi. Shunigdek, u Fransiya hududida tug‘ilgan murabbiylar orasida Chempionlar Ligasida zafar quchgan ilk mutaxassisdir.

Boshqa fransuz murabbiylari ko‘pi bilan finalchi bo‘lishni uddalagan: Arsen Venger 2006 yilda «Arsenal» bilan, Didye Desham 2004 yilda «Monako» bilan, Rober Erbin 1976 yilda «Syent-Etyen» bilan, Elek Shvars 1965 yilda «Benfika» bilan hamda Alber Batto 1956 va 1959 yillarda «Reyms» bilan musobaqa finalida mag‘lub bo‘lgandi.

Shuningdek, Zidan Yevropa Superkubogini ham futbolchi, ham murabbiy sifatida yutgan beshinchi insondir. Futbolchi sifatida Zidan bu sovrinni «Yuventus» bilan «PSJ»ni 6:1 hisobida, «Real» bilan «Feyenoord»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib yutgan edi. Bungacha ushbu natijaga faqat Karlo Anchelotti, Diyego Simeone, Xosep Gvardiola va Luis Enrike erisha olgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:45, 06.03.2017.
O'qildi: 10953 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.