Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

JCH–2018 saralashi. Ravshan Ermatov BAA – Yaponiya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi

JCH–2018 saralashi. Ravshan Ermatov BAA – Yaponiya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “B” guruhi 6-turidan o‘rin olgan BAA – Yaponiya uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.

Ravshan Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi. Bahraynlik Abdulrahmon Abdulxoliq al-Delavar hakamlar nazoratchisi bo‘lib ishlaydi. Uchrashuv komissari – Kemel Tokabayev (Qirg‘iziston).  

BAA va Yaponiya o‘rtasidagi uchrashuv 23 mart kuni Al-Ayn shahridagi Hazza Bin Zayed Stadium maydonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, JCH–2018 saralash bosqichi “B” guruhi 5-turidan keyin Yaponiya 10 ochko bilan to‘plar nisbati bo‘yicha Saudiya Arabistoniga (10 ochko) imkoniyatni boy bergan holda 2-o‘rinda bormoqda. BAA 9 ochko bilan Avstraliyaga (9 ochko) to‘plar nisbati bo‘yicha imkoniyatni boy bergan holda 4-pog‘onani band qilib turibdi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:11, 07.03.2017.
O'qildi: 6370 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик