Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

«Dinamo» - «Sho‘rtan»: Prevyu

«Dinamo» - «Sho‘rtan»: Prevyu

Baho:
+ | -

8 mart, chorshanba kuni Oliy Liga 2-tur uchrashuvlariga start beriladi. Turning shiddatli o‘tishi kutilayotgan e’tiborli o‘yinlaridan biri Samarqandda o‘tadi. Dastlabki turda g‘alaba nashidasini surgan «Dinamo» va «Sho‘rtan» jamoalari ochkolar uchun kurashishadi.

MUVAFFAQIYATLI START

Joriy mavsumda «Dinamo» jamoasi asosan yoshlarga ishonch bildirgan bo‘lsa, «Sho‘rtan» tajribali futbolchilar evaziga safini kuchaytirdi. Samarqand klubi dastlabki tur sensasiyasi deya e’tirof etilgan o‘yinda Bekobodda «Metallurg» ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan bo‘lsa, G‘uzordagi bahsda «Sho‘rtan» Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi ustidan minimal hisobdagi g‘alabaga erishdi. Qayd etish joiz, «Metallurg» ham, «Neftchi» ham mavsum oldi tayyorgarlikni Turkiyada o‘tkazishgan edi.

1-tur bahsida «Dinamo»ning yoshlardan iborat himoya chizig‘i «Metallurg» hujumiga munosib qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, bu safar Pishur-Polvonov-Taran hujum «trio»sini to‘xtatishi talab etiladi. Bir yillik tanaffusdan so‘ng Samarqandda yana Oliy Liganing qaytish o‘yiniga to‘g‘ri kelayotgan ushbu bahs muxlislarga kutilgan shiddatni taqdim eta olishiga shubha yo‘q.

O‘ZARO O‘YINLAR TARIXI

Samarqand va G‘uzor jamoalari Oliy Liga tarixida 20 marotaba o‘zaro maydonga tushishgan. Statistika bu boradagi ustunlik hech bir jamoada emasligi ko‘rsatadi – 8 tadan g‘alaba, 4 o‘yinda esa murosa ko‘chasi tanlangan.

Gollar urish borasidagi ustunlik «Dinamo»da: 27-26. O‘tkazilgan 20 uchrashuvda jamoalar o‘z hisoblariga 28 tadan ochkolarni yozib qo‘yishgan.

«Dinamo»ning «Sho‘rtan» ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 2007 yilgi mavsumga to‘g‘ri kelib, o‘shanda jamoamiz raqib ustidan 4:1 hisobida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 2008 yilda «Sho‘rtan» «Dinamo»ni G‘uzorda 4:2 hisobida mag‘lub eta olgan.

SO‘NGGI O‘YINDA QANDAY NATIJA QAYD ETILGAN?

«Dinamo» «Sho‘rtan»ga qarshi so‘nggi o‘yinda 2015 yilgi mavsumda maydonga tushgan. Dastlabki o‘yinda Suhrob Berdiyevning yagona goli g‘uzorliklarga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, Samarqandda o‘tgan ikkinchi davra bahsida jangovar 3:3 hisobi qayd etilgandi. O‘shanda Kamoliddin Murzoyev (46), Artyom Filiposyan (69), Ilhom Yunusov (79) tomonidan urilgan gollarga Igor Taran (33), Zafar Polvonov (73), Mirzakamol Kamolovlar (81) javob qaytarib, Samarqanddan ochko bilan qaytishgan edi.

Umuman olganda, Samarqandda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda «Dinamo» 7 marta g‘alaba qozongan, ikki marta durang qayd etilgan. «Sho‘rtan» o‘z tarixida ilk bor 2008 yilda «Dinamo»ni mag‘lub eta olgan. O‘shanda Ixaraume Uchening gollari «Sho‘rtan»ga Agamurodov boshchiligidagi «Dinamo»ni mag‘lub etilishiga sabab bo‘lgan.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi yillardagi o‘zaro o‘yinlar:

2016 – «Dinamo» Birinchi ligada to‘p surgan.

21.08.2015 «Dinamo» – «Sho‘rtan» 3:3

2014 – «Sho‘rtan» Birinchi ligada to‘p surgan.

29.06.2013 «Dinamo» - «Sho‘rtan» 2:1

05.05.2012 «Dinamo» - «Sho‘rtan» 1:0

17.09.2011 «Dinamo» - «Sho‘rtan» 3:0

16.10.2010 «Dinamo» - «Sho‘rtan» 1:1

11.04.2009 «Dinamo» - «Sho‘rtan» 2:1

 

O‘YIN ANONSI:

Oliy Liga. 2-tur.

8 mart (chorshanba). Samarqand. «Dinamo» stadioni.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 16:00

«Dinamo» (Samarqand) – «Sho‘rtan» (G‘uzor)

Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent), Anatoliy Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).

O‘zPFL vakili: Aleksey Frolov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:57, 07.03.2017.
O'qildi: 4944 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.