Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Borussiya» D prezidenti Xolandning «Real»ga o‘tmoqchi ekanligini ma’lum qildi

«Borussiya» D prezidenti Xolandning «Real»ga o‘tmoqchi ekanligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi prezidenti Xans-Yoaxim Vatske «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandning «Real»ga ehtimoliy transferi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men Erling Xolandning «Real» haqida nima deb o‘ylashini juda yaxshi bilaman va sizga ayta olamanki, u «Real»ga juda qattiq havas qiladi hamda kelajakda ularning safida to‘p surishni xohlaydi. Biroq kelasi mavsumda u «Manchester Siti»da o‘ynashda davom etadi. Bunga hech qanday shubha yo‘q», — deya Vatskening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone nashri.

2025/26 yilgi mavsumda Erling Xoland «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:18, 06.06.2026.
O'qildi: 1330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик