Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

«PSJ» «Barselona»ga qarshi qaysi tarkibda o‘ynaydi?

«PSJ» «Barselona»ga qarshi qaysi tarkibda o‘ynaydi?

Baho:
+ | -

«Park de Prens»dagi yirik g‘alabadan keyin «PSJ» «Barselona«ga qarshi javob uchrashuviga qulay vaziyatda kirib kelmoqda. Unda parijliklar oldida yanada muhim vazifa - dastlabki uchrashuvdagi g‘alaba tasodif emasligi, «PSJ»ning haqiqiy saviyasi ekanligini isbotlash turibdi.

Kataloniyaliklarga qarshi javob bahsida Unay Emeri qo‘l ostidagi deyarli barcha shogirdlariga suyanishi mumkin. Jamoaning yangi a’zosi Gonsalo Guedes «Benfika» bilan ushbu mavsumda Chempionlar Ligasi bahsida qatnashgani sababli «PSJ»ga yordam bera olmaydi. «Barselona» javob uchrashuviga qadar yangi taktikasini shakllantirgan bo‘lsa, Unay Emeri 4-3-3 taktikasiga sodiq qolishi aniq. Shu bois, parijliklar asosiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish olishi ehtimoli yuqori: darvozani qo‘riqlash Trappga ishonib topshiriladi. Himoyani markazini Markinyos – Silva juftligi himoya qiladi. Dastlabki uchrashuvda qahramonlardan biri bo‘lgan Presnel Kimpembe o‘rniga jamoa sardori o‘z joyini qayta egallashi kutilmoqda. O‘ng qanotda ilk bahsda Kavaniga golli uzatmani amalga oshirgan Tomas Menye egallaydi. Leyvin Kurzava esa mos ravishda chap qanotdan joy oladi.

Tiago Mottaning diskvalifikasiyasi Unay Emerining yarim himoyadagi imkoniyatlarini tushirib yubordi. Ispaniyalik murabbiy tayanch yarim himoyachisi vazifasini yana bir bor Adriyen Rabyoga ishonib topshirsa kerak. Bu amplua fransiyalik yarim himoyachining sevimli vazifasi emas, biroq so‘nggi bahslarda yangi vazifasida ham ishonchni oqlab kelmoqda. Unga yarim himoyada Blez Matyuidi va Marko Verratti yordam beradi. Aynan shu uchlik dastlabki uchrashuvda ham o‘yin taqdirini hal qilgan edi.

Hujumda Di Mariya – Kavani – Draksler uchligi harakat qilishi kerak. Garchi Lukas Moura ispaniyalik murabbiy tomonidan eng ko‘p qo‘llanilayotgan futbolchi bo‘lsada, aynan argentinalik futbolchining sa’y-harakatlari evaziga «PSJ» dastlabki uchrashuvni o‘z foydalariga hal qilgan edi. Umuman, bu hujum uchligining barchasi «Park de Prens»da o‘z nomlariga gol yozdirib qo‘ya olgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 15:03, 08.03.2017.
O'qildi: 18192 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.