Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Davron Fayziyev: «Futbolchilar o‘yindan oldin taslim bo‘lmayotgani meni xursand qildi»

Davron Fayziyev: «Futbolchilar o‘yindan oldin taslim bo‘lmayotgani meni xursand qildi»

Baho:
+ | -

Oliy liganing 2-turi doirasida "Lokomotiv" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jizzaxliklar bosh murabbiy Davron Fayziyev ishtirok etdi.

"Bugun "Lokomotiv" futbolchilari oson g‘alabani qo‘lga kiritishni maqsad qilib chiqqani ko‘rindi. Ammo biz raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatdik. Penaltidan o‘tkazib yuborilgan gol o‘yinchilarni ruhan "sindirdi". O‘ylashimcha, bugungi o‘yinda yirik hisobda mag‘lubiyatga munosib emasdik. Ammo bu futbol. Mavsumni vise-chempion va chempion bilan safarda boshlash biz uchun og‘ir. Endi bu o‘yinlarni unutib, yigitlarni keyingi o‘yinlarga ruhan tayyorlashimiz kerak.

Penalti borasida nima deyishim mumkin? Hakam hushtak chaldimi, demak, u haq. Hakam hech qachon qarorini o‘zgartirmaydi. Boshqa tomondan hakamlar bo‘lar-bo‘lmasga o‘yinni to‘xtataverishi kerak emas. Ular ham o‘yinning qiziqarli kechishiga yordam berib, yakkakurashlarga yo‘l qo‘yib berishi lozim. Penalti qanchalik asosli bo‘lganini bilish uchun takroriy videolavhani ko‘rish kerak. Men turgan joydan esa raqib futbolchisi hali kontakt bo‘lmasdan oldin yiqilishni boshlagandek ko‘rindi.

Ushbu mavsumda "So‘g‘diyona"dan nima kutish mumkin? Oldimizga qo‘yilgan vazifa shundan iboratki, o‘tgan yili egallagan o‘rnimizdan yuqoriroq pog‘onani egallashimiz shart. O‘tgan mavsumda 10-o‘rinni band etgandik. Har yili yangi futbolchilarni yig‘ib, yangi jamoani shakllantirish murabbiy uchun oson emas. Bugunga bahsda o‘tgan yilgi tarkibdan atigi 3 nafar futbolchi o‘ynadi. Keyingi turlarda "Olmaliq" va "Nasaf"ga qarshi o‘ynashimizni inobatga olsak, taqvim biz uchun oson emas. Jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yib olishimiz uchun bizga biroz vaqt kerak. O‘yinni yo‘lga qo‘yib olsak, har qanday jamoa bilan o‘ynasa bo‘ladi. Meni bugun xursand qilgan narsa — futbolchilar o‘yindan oldin ruhan taslim bo‘lishmagandi. Qolganini to‘g‘rilasa bo‘ladi", - dedi Davron Fayziyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:49, 08.03.2017.
O'qildi: 9761 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик