Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

«Dinamo»ni peshqadamga aylantirgan g‘alaba

«Dinamo»ni peshqadamga aylantirgan g‘alaba

Baho:
+ | -

Samarqandda bayramona kayfiyatda boshlangan futbol mavsumining ochilish marosimi uchrashuvi «Dinamo»ning ajoyib g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Uchrashuvdan oldin Samarqandda O‘zbekiston milliy chempionati bayroqlari tantanali tarzda ko‘tarildi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan, Samarqand shahar hokimi, «Dinamo» klubi prezidenti Vohid Rahimov barcha muxlislarni yangi futbol mavsumi bilan tabriklab, Samarqandda XXVI milliy chempionat o‘yinlari rasman ochiq deb e’lon qildi.

10 mingdan ortiq muxlislar qarshisida «Sho‘rtan» jamoasiga qarshi uchrashuvni hujumkor boshlagan vakillarimiz 15-daqiqadayoq yosh hujumchi Sardor Sulaymonovning ajoyib goli evaziga stadionni larzaga keltirishdi. Sardor ikki himoyachini chiroyli tarzda dog‘da qoldirib, Eldor Tojiboyev qo‘riqlayotgan darvozaning «to‘qqizligi»ni nishonga oldi, 1:0.

Goldan keyin vakillarimiz hujumkorlikni oshirish barobarida himoyada ham barqaror o‘yin namoyish etishdi. Buning natijasida yosh himoyachilar Aleksandr Pishur, Igor Taran singari tajribali hujumchilarni to‘xtata olishdi.

Ikkinchi bo‘limda ham samarqandlik futbolchilar o‘yinni hujumkor boshlashdi. 48-daqiqada Orif Mamajonov tomonidan burchakdan yetkazib berilgan to‘pni jamoa sardori Akmal Bozorov bosh bilan raqib darvozasiga kiritib, o‘yindagi va mavsumdagi ikkinchi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi, 2:0.

«Dinamo» murabbiylarining ikkinchi bo‘limda amalga oshirgan o‘zgarishlari ham o‘z samarasini berdi. Gol muallifi Sardor Sulaymonov o‘rniga maydonga tushgan tezkor Abdumalik Abdullayev maydonga tushganidan uch daqiqa o‘tib jarima maydoniga yetkazib berilgan jarima to‘pini ajoyib tarzda raqib darvozasiga joyladi, 3:0.

Ushbu goldan keyin mavsumning dastlabki bahsida muxlislar bilan deyarli to‘lgan «Dinamo» stadionidagi ishqibozlar bayramni boshlab yuborishdi. Omadli startdagi dastlabki ikki g‘alaba «Dinamo» jamoasini 2-turdan so‘ng Oliy Liga-2017 peshqadamiga aylantirdi.

Samarqand klubi 12 mart, yakshanba kuni Toshkentda «Paxtakor» jamoasi mehmoni bo‘lishadi.

Oliy Liga. 3-tur.

8 mart (chorshanba)

«DINAMO» - «SHO‘RTAN» - 3:0

Samarqand, 10, 138 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent), Anatoliy Rubakov (Toshkent)

Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).

O‘zPFL vakili: Aleksey Frolov.

Gollar: Sardor Sulaymonov 15, Akmal Bozorov 48, Abdumalik Abdullayev 68.

«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokayev, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov (Radu Rogak, 75), Jasur Azimov, Shohruh Xolmatov, Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov, Orifjon Mamajonov (Komil Sharofutdinov, 69), Javohir Qahramonov, Sardor Sulaymonov (Abdumalik Abdullayev, 65).

«Sho‘rtan»: Eldor Tojiboyev, Saidkomil Akbarov, Jahongir Jiyamurodov, Ruslan Vagapov, Igor Taran (Zafar Polvonov, 55), Umarbek Eshmurodov, Obid Jo‘raboyev, Siroj Hamroyev, Sardor Sobirxo‘jayev (Aziz G‘ulomxo‘jayev, 46), Akmal Xolmatov (Otabek Narzullayev, 69), Aleksandr Pishur.

Ogohlantirishlar: Umar Eshmurodov, 74.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 20:50, 08.03.2017.
O'qildi: 5684 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик