"Borussiya" D bosh murabbiyi Tomas Tuxel YECHL nimchorak finalida "Benfika" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:0) fikrlarini bildirdi.
"Agar bugun shunday natijani kutgandim desam, raqibga hurmatsizlik bo‘lar edi. "Benfika"day yaxshi jamoaga 4 ta gol urish qiyin.
Biz natijani o‘z tomonimizga og‘dirish uchun qat’iyat ko‘rsatishga tayyor edik, buni uddaladik. Biz haqiqiy Obamayeyangni ko‘rdik.
"Benfika" - ajoyib jamoa, ammo biz ikki o‘yin natijasiga ko‘ra chorak finalga munosib bo‘ldik. Endi chempionlar ligasining yarimfinaliga chiqishga urinib ko‘ramiz", - deydi Tuxel.