Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Tyulkin: «Samarqand ahli Oliy ligani sog‘ingan edi»

Tyulkin: «Samarqand ahli Oliy ligani sog‘ingan edi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Sho‘rtan» (3:0) uchrashuvidan so‘ng, «Dinamo» bosh murabbiyi Oleg Tyulkin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Samarqanddagi ajoyib futbol atmosferasida muxlislarga ajoyib bayramni tortiq eta olganimizdan juda xursandman. Yigitlarimizni Bekoboddagi o‘yinni unutib, «Sho‘rtan»ga qarshi puxta tayyorgarlashga intildik. Jamoadagi har bir futbolchi bugun o‘z ishini a’lo darajada bajardi. Yigitlar juda hamjihatlik bilan to‘p surib, g‘alabaga erishishdi. Muxlislarning tinmay qo‘llab-quvvatlashlari ostida to‘p surib, yirik hisobda g‘alabaga erishish juda yoqimli. Futbolchilarimiz minglab ishqibozlar ko‘z oldida bosimda to‘p surgan bo‘lishsada, maydonda borlarini ko‘rsatishdi.

- Dastlabki o‘yindan taassurotlaringiz qanday?

- Bilasizmi, bugungi futbol bayramida muxlislarimiz kayfiyatini ko‘tarishimiz shart edi. Ma’suliyatni tushungan holda maqsadimizga erishdik deb o‘ylayman. Samarqand ahli bir yil Birinchi Ligada to‘p surib, Oliy Ligani sog‘inib qolganligini bugun ko‘rdik. Futbol mana shunday muxlislar bilan go‘zaldir. O‘yin adolatli natija bilan tugadi.

- Jamoaning asosini 20-23 yoshli yigitlar tashkil etishmoqda. Ularni o‘yinlarga tayyorlash qiyin bo‘lsa kerak?

- «Dinamo» bu yil yoshlarga ishonch bildirmoqda va bu yo‘lda murabbiylar shtabi futbolchilarga imkoniyat berishga intilmoqda. Bizda iqtidorli yigitlar juda ko‘p. Ularga shu yo‘sinda imkon berib, kamol topishi uchun qo‘llab-quvvatlasak Samarqand futboli yanada yangi marralarni egallashi mumkin bo‘ladi.

- Keyingi o‘yinda Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi bahs oson bo‘lmaydi…

- Biz uchun har bir o‘yin bitta sinov va katta tajriba bo‘ladi. Hozir peshqadam bo‘lsakda, jamoaning hozirgi tarkibi to‘liq yig‘ilganligiga hali bir oy bo‘lmadi. Ammo tarkibda tanlagan har bir futbolchi birinchi navbatda o‘zini ko‘rsatishni, mehnat qilishni istaydigan yigitlardir. O‘yinga ishtiyoq juda kuchli. «Paxtakor»ga qarshi bahsda ham yigitlar muxlislarni quvontirish uchun maydonda borlarini berishadi, kurashishadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:06, 09.03.2017.
O'qildi: 5352 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.