Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Sanjar Rizayev: "Umid doimo sindirishga qodir"

Sanjar Rizayev: "Umid doimo sindirishga qodir"

Baho:
+ | -

"Barselona" va PSJ o‘rtasidagi o‘yin hind kinolarining oxirlaridagi yaxshi va yomon qahramonning qasos sahnasiga o‘xshab ketadi. Birinchidan, arzon sahna.

Yovuz qahramondan qasos olgani kelgan yaxshi qahramon doim g‘olib chiqadi. Kinoning qoidasi shunaqa. "Barselona"ning hayoti o‘z qo‘lida emas edi. PSJ o‘yinga xuddi o‘sha filmlardagidek baquvvat va kuchli keldi. "Barselona" esa, yarador edi. Birgina harakat va yaxshilik yovuzlik ustidan g‘alaba qozonmay, hindlarnikiga o‘xshagan ssenariy ostin-ustun bo‘lib ketardi. Lekin, o‘sha harakat juda kech berildi. 4:0 hisobidagi ustunlikni berib yuborish faqat hind filmlaridagina bo‘ladi. "Barselona"ning bu kambeki ijobiylikka to‘la. Undan o‘rnak oladigan tomonlari juda ko‘p. Bugun ertalab, mahallalarda PSJ’ning yangi ishqibozlari paydo bo‘lishi mumkin edi. Lekin, Parij klubi bundan buyog‘iga qo‘rqoqlik timsoli sifatida gavdalansa kerak.

Meni hayron qoldirgan narsa - hisob 3:1 ekanligida, "Barselona"ning nima maqsadda 4-golni urganligi bo‘ldi. Bu - xuddi 4 ta non uchun 10 kishi navbatda turgandek va 10 kishi nima maqsadda turganligini tushuna olmaganim kabi edi. Bu - umid edi! Tarixda 185 marta 4:0 bo‘lgan, lekin hech kim bu hisobni sindira olmagan. Umid esa doimo sindirishga qodir. Ertami, kechmi, mana 186-urinishda "Barselona" 4:0 ni sindira oldi.

Sanjar RIZAYEV,

O‘FF matbuot kotibi, "O‘zReportTV" sharhlovchisi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:46, 09.03.2017.
O'qildi: 9287 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик