Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Xayrulla Hamidov: Kechagi triller haqida

Xayrulla Hamidov: Kechagi triller haqida

Baho:
+ | -

Kechagi o‘yin haqidami? Xo‘p, lekin ikki voqeani eslagan holda. Ikkisi ham PSJga ataladi.

Avvalo sababga to‘xtalay. PSJ bu o‘yinga yutqazmaslik uchun emas, to‘rttadan kamroq gol o‘tkazish uchun kelgani oldindan ma’lum bo‘lib qoldi, mana shuning o‘zi eng katta xato edi. Bu holatga tushishlariga ularning aslida qanday jamoa ekanliklari sabab bo‘ldi, menimcha.

Esingizda bo‘lsa, 1998 yilgi JCHda quturgan Nigeriya pley-offga chiqishi bilanoq Daniyadan o‘yin boshidayoq ikkita gol o‘tkazib yuborgandi. Shunda sharhlovchi Gusev zo‘r gap aytgandi: "Aslida, Nigeriya termasi yulduzlardan tashkil topgan, juda kuchli jamoa. Ular Fransiyaga kelib, hali yulduzligi arimay turib guruhda zo‘r o‘ynay olishdi. Lekin bugungi bahsgacha ular bir-birlari bilan ko‘p yashab yuborishgani sabab yulduzlar jamoasi darajasidan tushib, AFRIKALIKLARga aylanib qolishdi. Ular o‘z qabilalariga qaytishdi".

PSJ uch hafta ichida ana shu qabilaga aylandi. Ularning yulduzligidan, birinchi o‘yindagi o‘yinidan asar qolmaganiga sabab shu va tabiiyki, hali katta murabbiy bo‘la olmagan, qo‘rqoq Emeri...

2004 yili mashina minishni endi o‘rganib, TVdan bir o‘zim yo‘lga chiqayotganimda ichimdan o‘tgan bir holat ham hech esimdan chiqmaydi. Mashinani uydan birga haydab kelgan jiyanim hayallab qolganidan tavakkaliga o‘zim haydamoqchi bo‘ldim. Lekin o‘sha lahzadayoq qo‘rquv ichida qolyapman. Mashinaga o‘tiryapmanu, lekin haydamasligim kerakligini bilib turibman. Kalitni burayapmanu, ich-ichimdan, yurmasaydi, deyapman. Yuryapti mashina va... hodisa!

Kechagi oltinchi golda o‘sha holat yana takrorlangandek bo‘ldi. Ya’nikim, taqdiri ilohiy o‘z hukmini o‘tkazayotgan paytda bandasi qarshilik qilmoqchi bo‘lsa-da o‘sha hukm izmida bo‘ladi. Bu endi voqealar sababi ustida ishlamagan PSJga munosib jazo edi. Muqarrar jazo edi.

"Barselona" haqida ko‘p yozmayman. Bu haqda o‘sha birinchi o‘yindan keyinoq bor ta’rifu tavsifni berib bo‘lganman. Buyuk jamoalarning xatosi-da buyuk bo‘ladi, o‘sha xatoni to‘g‘rilash jarayonlari-da buyuk bo‘ladi. Ular bu ishni shu mezonda bajarishga majburlar. Aks holda, ular buyuk bo‘la olmasdilar. Men "Barsa"ga uch hafta oldin shunday xato qilgani uchun rahmat demoqchiman. Aks holda kechagi trillerni ko‘rmasdik.

PSJga qaytaman: O‘sha avariyadan keyin men mashina haydamay qo‘yganman. Qo‘rqib qolgandim... Tushundingiz, xullas?!

Xayrulla Hamidov,
Jurnalist.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:32, 09.03.2017.
O'qildi: 17285 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.