Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yangi darajadagi Neymar

Yangi darajadagi Neymar

Baho:
+ | -1

«PSJ»ga qarshi ulkan ishtiyoq bilan maydonga tushgan Neymar «Kamp Nou»da «Barselona»ni tarixiy «kambek» sari yetaklagan futbolchi bo‘ldi. Bu esa uning yangi darajaga chiqqanidan dalolatdir.

«Endi biz javob o‘yini haqida, vaziyatni o‘zgartirish uchun nimalar qila olishimiz haqida o‘ylashimiz kerak. Bu juda qiyin, deyarli imkonsiz, biroq biz taslim bo‘la olmaymiz», – degan edi braziliyalik hujumchi 14-fevral kuni «Park de Prens»da qabul qilingan 4:0 hisobidagi qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin.

Jamoasi va umuman Chempionlar Ligasi uchun tarixiy o‘yinga aylanagan javob bahsida esa o‘zining so‘nggi haftalardagi ajoyib formasini yana bir bor ko‘rsata olgan Neymar dastlabki o‘yinda ham bekorga «ko‘k-anorranglilar»ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmaganini isbotladi.

62-daqiqada Edinson Kavani tomonidan kiritilgan gol «Barsa»ning umidlarini ko‘mib qo‘ya qolgan edi. Ham «Barsa», ham «Kamp Nou» g‘alabaga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgandi. Shu tariqa 88-daqiqa yaqinlashardi, 3:1 hisobida oldinda borayotgan «Barselona» chorak finalga chiqishi uchun yana uchta gol urishi kerak edi.

Bunga esa hech kim ishonmay qo‘ygandi. Ammo raqib jarima maydonchasi yaqinida sodir etilgan navbatdagi qoidabuzarlikdan keyin jarima zarbalari odatda Messiga atalganiga qaramay tashabbusni Neymar o‘z qo‘liga (yoki oyog‘iga) oldi va to‘pni darvozaning Kevin Trapp xayoliga ham keltirmagan nuqtasiga yo‘llab hisobni yiriklashtirdi hamda «kambek» uchun umidni qaytardi.

25 yoshli futbolchi butun o‘yin davomida oldinga borishda qat’iyatini ko‘rsatib turdi. Albatta, uning o‘yin uslubidan kelib chiqib to‘p yo‘qotishlar ham bo‘lib turdi. Biroq jarima zarbasiga kelganda Neymarning nafaqat aniqlig‘iga, balki buni amalga oshira olishiga bo‘lgan ishonchiga ham tan berish kerak.

Ko‘pincha buyuk o‘yinlar buyuk futbolchilar tomonidan ijro etilishi aytiladi. Ushbu bahsda esa «PSJ»ning psixologik yondashuvi optimal bo‘lmaganiga va hatto «Barsa» o‘zining eng jozibador o‘yinini namoyish etmaganiga qaramay, Neymarning bu ko‘lamdagi o‘yinda erishgan darajasi uning hozirda qanday cho‘qqida ekanligidan dalolat beradi.

Umumiy tasavvurda «Barselona»ning «kambek»i faqatgina Lionel Messining g‘ayrioddiy o‘yini evazigagina mumkindek edi. Ammo bahsda faqat penaltidan gol kirita olgan argentinalik hujumchi o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmadi. Bu safar mo‘’jiza Messi emas, aynan Neymar orqali keldi va u «PSJ»ga qarshi o‘zining 6-o‘yinidagi 7-golini urdi.

«Bu mening hayotim davomida o‘tkazgan eng yaxshi o‘yinim bo‘ldi. Men buni hech qachon unutmayman. Biz bu juda qiyinligini bilardik, ammo men va jamoadoshlarim natijani o‘z foydamizga o‘zgartira olishimizga ishongan edik. Chunki «Barsa» hamma narsani uddalay oladi. Biz xotirjamlik bilan, quvonch bilan o‘ynadik va ketma-ket vaziyatlar yaratdik. Bizning yo‘qotadigan hech narsamiz yo‘q edi», – dedi Neymar o‘yindan keyin.

Kavanining goli «Barselona» futbolchilarining ruhiyatini tushirib yuborgani shubhasiz, biroq Neymar mo‘’jiza bo‘lishi mumkinligiga boshqalardan ko‘proq ishongandi. Ter Shtegen hujumga o‘tgan va hissiyotlar junbushga kelgan qo‘shib berilgan vaqtda Neymar sovuqqon tarzda bir harakati bilan Verrattini ortda qoldirib, Serxi Robertoning g‘alaba goliga olib kelgan pasni amalga oshirishni uddaladi va bu bilan jahon futboli taxtiga haqiqiy da’vogar darajasiga chiqqanini ko‘rsatdi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:38, 09.03.2017.
O'qildi: 10273 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.