Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Hissiyotlar tinchlanganidan so‘ng. Hakamning «Barselona»ga yordam bergan ikkita xatosi

Hissiyotlar tinchlanganidan so‘ng. Hakamning «Barselona»ga yordam bergan ikkita xatosi

Baho:
+ | -

Germaniyalik Deniz Aytekin juda qiyin o‘yinni boshqardi. Balki faoliyatidagi eng qiyini bo‘lishi mumkin.

Dastlabki 10 daqiqa ichida, to‘p har ikkala jamoa jarima maydoni ichida himoyachilarning qo‘liga tegdi. Ikkinchi bo‘limning boshida, Neymar jarima maydoni ichida yiqilib tushgan himoyachi Tomas Menyega qoqilib ketdi va quladi.

Dastlab Aytekin penalti belgilamadi. Biroq darvoza ortida turuvchi yordamchisi bilan gaplashib olganidan so‘ng, o‘z qarorini o‘zgartirdi.

Shundan so‘ng, Neymar yana bir marta yiqildi. Biroq bu yaqqol simulyasiya edi va hakam bu vaziyatda adashmadi. Shu vaqtgacha hammasi yaxshi ketayotgandi. Yaqqol xatolar shundan keyin yuz berdi.

Hisob 3:1 bo‘lib turganida, o‘yin taqdirini Anxel Di Mariya hal qilishi mumkin edi. Argentinalik futbolchi darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib bordi, ammo Maskerano uni quvib yetdi.

Di Mariyaning zarbasi aniq chiqmadi, chunki Maskerano uni jarima madyoni ichida yiqitdi. Buni esa o‘yindan keyin ham tan oldi.

«Shubhasiz, men Di Mariyaga nisbatan qoida buzgan edim. Biroq biz PSJni aynan shu tufayli musobaqadan chiqarib yubormadik» - dedi Maskerano o‘yindan so‘ng.

Balki mana bu tufaylidir:

90-daqiqa, hisob 5:1. «Barsa»ga yana ikkita gol yetishmayapti. Messi to‘pni jarima maydoniga, Suaresga oshirdi. Markinyos qo‘lini uning bo‘yniga tekkizdi, hujumchi maydonga yiqildi. Aytekin shu zahoti penalti belgiladi. Bu safar mustaqil ravishda.

Keyin nima bo‘lgani hammaga ayon.

Ispaniyalik hakam Anduxar Oliver MARCA radiosi efirida shubhalanib o‘tirmadi: «Penalti yo‘q edi. Markinyos qo‘lini Suaresga qo‘yishi bilanoq u yiqildi».

Deniz Aytekin 38 yoshda, u 2008 yildan buyon Bundesligada ishlamoqda. 2014 yildan buyon UYEFAning sara hakamlari ro‘yxatiga kiradi. Kechagi o‘yin Aytekinning Chempionlar ligasi asosiy bosqichidagi 13-o‘yini bo‘ldi.

«PSJ» vakillari o‘yindan so‘ng barcha aybni Aytekinga to‘nkab o‘tirishmadi.

«Bizning foydamizga ikkita penalti belgilanmadi, ammo buni bahona qilib o‘tirmaymiz» - dedi klub prezidenti Nosir Al-Xilayfiy.

«Birinchi o‘yinda ajoyib natijaga erishgandik, ammo bugun chorakfinalga yo‘l olishga loyiq o‘yin namoyish etmadik. Men bahona izlamoqchimasman. Ammo Suarsega nisbatan qoida buzilmagandi. O‘z navbatida bizga ham penalti berishmadi. Shunda ham hakamlarni ayblashimiz noo‘rin, chunki o‘zimiz ham yaxshi o‘ynamadik» - dedi Tiago Silva, klub sardori.

«Hakamlarning qarorlari PSJga qarshi qaratilgandi. O‘yin oxirida esa nazoratni umuman qo‘ldan chiqardik va yutqazdik» - dedi Unai Emeri.

Manba: telegra.ph
Kiritildi: 18:49, 09.03.2017.
O'qildi: 39231 marta.
Fikrlar: 107 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик