Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

OCHL–2017. “Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvini Janubiy Koreyalik hakamlar boshqaradi

OCHL–2017. “Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvini Janubiy Koreyalik hakamlar boshqaradi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “A” guruhi 3-turidan o‘rin olgan “Istiqlol” (Eron, Tehron) – “Lokomotiv” (O‘zbekiston) o‘yiniga rasmiylar tayinlandi.

Uchrashuv bosh hakami etib Janubiy koreyalik Kim Jong Xyok tayinlandi. Unga qanotlarda Yuk Kvang-yol va Kim Yung-xa yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasi livanlik Ali Redaga yuklatildi.

Malayziyalik Muhammad Sayfiddin bin Abu Bakr uchrashuv komissari sifatida ishlaydi. Iordaniyalik Umar Musa Halaf Abu Lum hakamlar nazoratchisi bo‘ladi.

“Istiqlol” – “Lokomotiv” uchrashuvi 13 mart, dushanba Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 20:30)da boshlanadi. 

Ma’lumot uchun, “A” guruhidan o‘rin olgan barcha jamoalar 3 ochkoga ega. To‘plar nisbati bo‘yicha “Istiqlol” 1-o‘rinda bormoqda. “Temiryo‘lchilar” esa 2-pog‘onani egallab turibdi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:49, 10.03.2017.
O'qildi: 9227 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик