Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Xabi Alonso: «U bilan yashadim, uni sevdim. Alvido go‘zal o‘yin!»

Xabi Alonso: «U bilan yashadim, uni sevdim. Alvido go‘zal o‘yin!»

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarimhimoyachisi Xabi Alonso faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

«Bu men uchun yengil qaror bo‘lmadi. Menimcha hozir shunday qarorga kelish uchun juda qulay fursat.Faoliyatni kech emas o‘z vaqtida yakunlash men uchun yaxshiroq. Men hozir ham o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, biroq vaqt keldi.

Men faoliyatimni eng yuqori nuqtada yakunlamoqchiman. "Bavariya" hozirda aynan shunday darajada. Men "Bavariya" safida ekanligimdan hursandman va bu oilaning bir a’zosi ekanimdan faxrlanaman» - deydi Xabi Alonso.

Alonso "Bavariya" safida 2014-yildan buyon harakat qilib keladi. Biroz avval u "Real Sosedad" (1999, 2001-2004), "Eybar" (2000), "Liverpul"(2004-2009) va "Real" (2009-2014) jamoalarida ham to‘p tepgan.

U ikki marta Chempionlar ligasida, bir marta UYEFA superkubogida g‘alaba qozongan. Shuningdek, Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi, Ispaniya chempionati g‘olibi, Ispaniya Kubogi sohibi, Ispaniya Superkubogi, Germaniya chempioni, Germaniya Kubogi va Germaniya Superkubogi sohibi ham hisoblanadi.

Ispaniya termasi safida esa u 2010 yilda jahon chempioni va ikki karra Yevropa chempioni bo‘lgan.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 10:58, 10.03.2017.
O'qildi: 8368 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.