Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Abdumalik Abdullayev: «Dinamo»da juda ahil jamoa yig‘ilgan»

Abdumalik Abdullayev: «Dinamo»da juda ahil jamoa yig‘ilgan»

Baho:
+ | -

Oliy Liga 2-tur doirasidagi «Dinamo» - «Sho‘rtan» (3:0) uchrashuvidan keyin, gol muallifi bo‘lgan Samarqand jamoasi hujumchisi Abdumalik Abdullayev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Muhim o‘yinda ajoyib g‘alabaga erishganimizdan juda xursandmiz. Bizni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha muxlislarimiz va klub rahbariyatiga ham rahmat. Bugun minglab ishqibozlarimiz ko‘z o‘ngida g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi. «Metallurg» bilan o‘yindan keyin «Sho‘rtan» bilan bahsga ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga intildik. Murabbiylar shtabi jamoani yaxshi tayyorlay oldi.

- «Dinamo»ning kutilmagan omadli startining sabablari nimada deb o‘ylaysiz?

- To‘g‘ri jamoamiz tarkibi yig‘ilganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Lekin «Dinamo»da juda ahil jamoa yig‘ilgan. Barcha bir-birini qo‘llab-quvvatlashga intilayapti. Barchamiz muxlislarimizni xursand etish uchun katta ishtiyoqda harakat qilayapmiz. Murabbiylar bizga ishonayotgan ekan, shunga yarasha javob berishga intilayapmiz.

- «Metallurg»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi gol kiritilishiga sababchi bo‘lgan edingiz. Bugun ham zaxiradan maydonga tushib, 3-golni kiritdingiz. Bu murabbiylar ko‘rsatmasimi?

- Xuddi shunday, o‘yindan oldin Ilhom aka Sharipov ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, hujumkorlikni oshirishim lozimligini aytgandilar. Jarima to‘pi uzatilgach, vaziyatdan foydalanib gol urdim. Oldinda bizni yana qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Muxlislar mana shunday qo‘llab-quvvatlab turishsa, keyingi turda «Paxtakor»ga qarshi bahsda ham kamida durang natija uchun harakat qilamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:11, 10.03.2017.
O'qildi: 7160 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.