Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Premyer-Ligaga Bundesligadan kelgan eng yaxshi futbolchilar

Premyer-Ligaga Bundesligadan kelgan eng yaxshi futbolchilar

Baho:
+ | -

Ayni paytda UYEFA reytingida Germaniya Bundesligasi ikkinchi, Angliya Premyer-Ligasi esa uchinchi o‘rinda borayotganiga qaramay, futbolchilarning Germaniyadan Tumanli Albionga ko‘chib o‘tishi ancha ko‘p kuzatiladi. E’tiboringizga aynan shunday ko‘chishni amalga oshirgan eng yaxshi 10 futbolchini taqdim etamiz.

Genrix Mxitaryan – Dortmunding «Borussiya» klubidan «Manchester Yunayted»ga 2016 yilda o‘tgan. Armanistonlik futbolchining Angliyaga moslashishi biroz qiyin kechgan bo‘lsa-da, hozirda u «mankunianlar»ning eng asosiy futbolchilaridna biriga aylanib ulgurdi.

Vensan Kompani – 2008 yilda «Gamburg»dan «Manchester Siti»ga kelgan belgiyalik futbolchi jamoa shayx Mansur tomonidan sotib olingach ham asosiy tarkibda qolgan yagona o‘yinchidir. Aslida yarim himoyachi bo‘lgan Kompani markaziy himoyachiga aylanib, «Siti»ni sardor sifatida ikki martada Premyer-Liga va Liga Kubogi, bir marta esa Angliya Kubogi g‘olibligi sari yetakladi.

Kevin de Bruyne – «Chelsi»dagi qisqa faoliyatidan keyin avval «Genk» va «Verder»da ijara asosida to‘p surgan belgiyalik yarim himoyachi keyinchalik «Volfsburg» safiga o‘tgan, 2015 yilda esa Angliyaga qaytib, bu safar «Manchester Siti»ga qo‘shilgan edi. U hozirda Premyer-Liganing eng yaxshi assistentlaridan biridir.

Roberto Firmino – 2015 yilda «Liverpul» braziliyalik futbolchi uchun «Xoffenxaym»ga 29 million funt to‘lagani ko‘pchilikni hayron qoldirgandi. Biroq u ushbu narxga munosib ekanligini isbotlab, mersisaydliklarning hujumdagi asosiy qurollaridan biriga aylandi.

Marko Arnautovich – 2013 yilda «Verder»dan «Stok Siti»ga kelgan avstriyalik yarim himoyachining haqiqiy iste’dodi aynan Premyer-Ligada ochildi va jamoasining maydon markazidagi asosiy kuchiga aylandi.

Shinji Okazaki – «Mayns»dan «Lester»ga 2015 yilda o‘tgan. Bundesligada to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatgan yaponiyalik hujumchi Premyer-Ligada bu borada biroz qiynaldi, biroq «tulkilar»ning asosiy to‘purarlari – Vardi va Mahrezning muvaffaqiyatida katta rol o‘ynadi va Premyer-Liga chempionligiga erishdi, shuningdek Osiyoning xorijdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Kristian Fuks – 2015 yil yozida «Shalke 04″ni erkin agent sifatida tark etgan avstriyalik himoyachi «Lester» safiga qo‘shildi. Dastlab Klaudio Raneri qo‘li ostida o‘z o‘rnini topishga qiynalgan bo‘lsa ham, keyinchalik o‘ng qanot himoyasini o‘ziniki qilib olgan Fuks «tulkilar»ning chempionlikka erishishiga katta hissa qo‘shdi.

Gilfi Sigurdsson – islandiyalik futbolchi Angliyadan 2010 yilda «Xoffenxaym»ga ketgandi. keyinchalik biroz mudat «Suonsi»da ijara asosida o‘ynab, 2012 yilda «Tottenxem» safiga qo‘shildi. Hozirda esa Uels jamoasi tarkibida hujumkor o‘yin uchun asosiy javobgarlardan sanaladi.

Ilkay Gundogan – «Borussiya» bilan Bundesliga chempioni bo‘lgan Gundogan 2016 yil yozida «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tdi. Iste’dodli yarim himoyachidan «shaharliklar»ning umidlari katta edi, biroq dahshatli jarohat uni uzoq muddatga safdan chiqardi. Shunday bo‘lsa ham, u jamoasiga hali ko‘p asqotishi mumkin.

Leroy Sane – «Shalke 04″dan 37 million funt evaziga sotib olingan 21 yoshli iste’dod sohibi Rahim Sterling va Gabriel Jezush bilan birgalikda Gvardiola «Manchester Siti»da amalga oshirishni istayotgan uzoq muddatli kuchli jamoaning hujum chizig‘ini tashkil etishi kutilmoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 22:24, 10.03.2017.
O'qildi: 9248 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик