Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Allegri: "Qatorasiga oltinchi skudettoga bir qadam yaqinlashdik"

Allegri: "Qatorasiga oltinchi skudettoga bir qadam yaqinlashdik"

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatining 28-turida "Milan" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Penaltini ko‘rmaslikni ma’qul ko‘rdim, u tepilayotgan vaqtda men tunnelga kirib ketdim. Dibala - azamat, Donnarummaga 11-metrdan urish osonmas, ayniqsa, uning bir nechat ajoyib seyvlaridan so‘ng.

Men hech qachon hakamlarni muhokkama qilmayman, u mening jamoam foydasiga bo‘ladimi yoki zararigami, farqi yo‘q. Hakamlar yaqin edi. Penalti belgilandimi, bu hakamlar qarori, bu futbol.

Bugun g‘alabaga munosib edik. Umuman olganda biz "Milan"dan yaxshiroq o‘ynadik. Bu jamoa hech qachon taslim bo‘lmaydi va bugun katta bosimga bardosh berdi.

Asosiysi, biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, mavsumdagi eng yaxshilaridan birini. Yana qatorasiga oltinchi skudettoga bir qadam yaqinlashdik", - deydi Allegri.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 05:48, 11.03.2017.
O'qildi: 5470 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.