Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari «Bunyodkor» murabbiyining ishiga aralashishi mumkinmi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari «Bunyodkor» murabbiyining ishiga aralashishi mumkinmi?

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» O‘zbekiston chempionatidagi ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi.

2-turni Olmaliqda o‘tkazgan «qaldirg‘ochlar» 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 1-turda «Bunyodkor» Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi darvozasiga 1 ta gol urishga erishgandi.

«Olmaliq» klubiga qarshi uchrashuvdan keyin «Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushchan jurnalistlar savollariga javob qaytardi va klubning yetakchi futbolchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabining taklifiga ko‘ra maydonga tushmagani haqida aytib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hozir muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bois terma jamoa ustozlari bilan suhbatdan so‘ng kichik jarohati bor bo‘lgan Shomurodovga biroz dam berishga qaror qildik. Tarkibda uning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchilar bor.

Sergey Lushchan, «Bunyodkor» bosh murabbiyi

Ma’lumot uchun, «Bunyodkor» futbolchilari «Olmaliq» darvozasiga 77 daqiqa davomida yo‘l topa olmagach, Lushchan kichik jarohati bor bo‘lgan Shomurodovni baribir maydonga tushirdi. Murabbiy bunda ham terma jamoa murabbiylari bilan maslahatlashganmi yoki yo‘q — aniqlik kiritilmagan.

Sergey Lushchan bunga qadar ham tarkibni terma murabbiylari bilan maslahatlashib belgilaganmi yoki yo‘q ma’lum emas. Terma murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o‘zi Oliy liga klubini boshqarganida ham shunday ishlaganmi yoki yo‘q — ma’lum qilinmagan. Lushchan, shuningdek, «Olmaliq»ning mag‘lub etilmaganiga Shomurodovning yo‘qligi sabab bo‘ldimi yoki yo‘q — oshkor qilmadi.

«Bunyodkor» Osiyo Chempionlar ligasining 3-turida Eronning «Zob Ahon» klubiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuvda ham «qaldirg‘ochlar» terma manfaatlari asosida tarkib tanlaydimi yoki yo‘q yaqin kunlar ichida ma’lum bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:37, 11.03.2017.
O'qildi: 10939 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик