Italiya A Seriyasining 2-turida "Komo" safarda "Napoli"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Mehmonlar safida Martin Baturina bir gol urib, yana bir golga uzatma berdi. "Komo"ning ikkinchi goliga Anastasios Duvikas mualliflik qildi. "Napoli"ning yagona golini esa Rasmus Xeylunn urdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Komo" 4 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 4-o‘rinni egalladi. 3 ochkoga ega "Napoli" esa 12-pog‘onada bormoqda.













