Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Luka Modrich – barchasini uddalaydigan xorvat

Luka Modrich – barchasini uddalaydigan xorvat

Baho:
+ | -

2000 yillar oxirida «Tottenhem»da ikki xorvat futbolchisi to‘p surar, ammo ularning faqat bittasi - Niko Krancharning o‘yini ko‘pchilikka yoqardi. Buning sababi, u raqib darvozasiga yaqinroq o‘ynab, to‘pga ham ko‘proq egalik qilar, ikkinchi xorvat futbolchisi Modrichning «shpor»lar tarkibidagi harakatlari esa ko‘pincha sezilmay qolardi. Zero, Luka o‘shanda raqibnikiga qaraganda o‘z jamoasi darvozasiga yaqinroq o‘ynardi.

2012 yil yozida «Real» Modrichni xarid qilgani to‘g‘risida xabar tarqalganida aksariyat ko‘pchilik mazkur transferga e’tibor qaratmadi va buni Granero, Altintopa va boshqalar xaridi bilan bir ko‘rdi. Biroq yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar «Qirollik klubi»da uzoq saqlanib qolishmadi. To‘g‘ri, Modrich ham Madrid klubiga birdaniga kirishib ketolmadi, unga o‘z iqtidorini to‘la namoyon qilish uchun anchagina vaqt talab qildi.

«Real»dagi debyut mavsumini Luka muxlislar va Joze Mourinyo yetakchiligidagi murabbiylar shtabi kutganiday o‘tkazmadi. Buning uchun esa unga yetarlicha imkon berilgandi. Modrich borgan sari himoya ichkarisiga kirib bordi va asosan, qora ishlarni bajardi. Buning asosiy sababi, yaratuvchilik yumushlari asosan Ozil yoki Di Mariya orqali amalga oshirilardi-da. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, dastlabki mavsumda xorvatiyalik futbolchi bor imkonining yarmini ham ko‘rsatmagan ekan. Buni vaqtida anglab yetmagan ispan jurnalistlari esa Modrich transferini 2012 yilda qilingan xaridlar orasida eng yomoni, deb topishga shoshilishdi. Ammo vaqt oliy hakam, deb bejiz aytishmagan ekan.

«Men «Tottenxem» va Xorvatiya termasida markaziy himoyada o‘ynardim. «Madrid»da esa o‘zimni uydagidek his qildim. Jamoa o‘yinini tashkil etish yoki orkestrdagi dirijyor kabi uni ortimdan yetaklashim mumkin», - degandi Modrichning o‘zi.

Bunday imkoniyatni unga 2013 yil mavsumlar oralig‘ida «Real»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Karlo Anchelotti berdi. Italiyalik murabbiy «Qirollik klubi»dagi faoliyati avval boshidanoq klubning taktik tayyorgarligiga katta ahamiyat qaratdi, har bir o‘yinchining maydondagi o‘rniga u qanday foyda berishiga qarab alohida e’tibor berdi. Shu tariqa, Karlo Modrichning maydondagi o‘rnini ham topdi: unga butun markaziy yarim himoyada erkin harakatlanish imkonini yaratib, xorvatning qo‘llarini bo‘shatdi va eng muhimi, raqib darvozasi yaqinida o‘ynashga izn berdi. natijada, Luka yetarlicha ishonchga ega bo‘ldi va shu bilan birga, bor aql, iqtidorini jamoa g‘alabasi uchun sarflay boshladi. Anchelotti yuqoridagi harakatlari bilan ta’bir joiz bo‘lsa, Modrichdan «xorvatlarning Pirlo»sini paydo qildi, unga maydonda dirijyorlik qilishga imkon berdi. Erkin harakatlana boshlagan xorvat yengil, kreativ, ishonch bilan o‘ynay ketdi, aqlli harakatlari orqali jamoasidan yordamini ayamadi.

«Aytishim mumkinki, Modrich bu — so‘zsiz jahondagi eng yaxshi yarim himoyachilardan. U ajoyib texnik ko‘rsatkichlarga ega, o‘yinni o‘qiy oladi, kuchli xarakter egasi», - deydi Karlo Anchellotti.

«Real»da o‘sha mavsumning o‘zidayoq Lukaning maydonda bo‘lishiga bog‘liqlik paydo bo‘ldi. Modrich klubda tizim yaratuvchi o‘yinchiga aylandi, hujumda aqlli o‘yin ko‘rsata boshladi, «Tottenxem»da olgan tayanch yarim himoyachisi sifatidagi tajriba esa unga himoyadagi o‘rtoqlariga sifatli ko‘maklashishida ham qo‘l keldi. Xorvat har yerda hoziru nozir bo‘ldi. Agar Modrichning maydondagi o‘yinini kuzatadigan bo‘lsangiz, u doimo harakatda ekanligiga, to‘p uchun kurashda ekanligini ko‘rasiz. Anchelotti rahbarligidagi mavsum «Qirollik klubi»dagi Luka uchun juda omadli keldi. Jamoa Modrich yordamida Ispaniya va Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi, bu bilan futbolchi bir paytlar uning transferi omadsiz bo‘lganini aytganlarning og‘zini yopdi. Darvoqa, hozir Zidan futbolchining klassidan kelib chiqqan holda undan foydalanishga intilyapti.

«Modrich - oliy darajadagi futbolchi va unga o‘zini ko‘rsatishga imkon berish kerak», - deydi Yoxan Kroyf.

Lukaning iqtidorini so‘z bilan ifodalashning, maydonda qilayotgan ishlaridan hayratga tushmay iloji yo‘q. Bir qarashda, u boshqa futbolchilardan ajralib turmaydiganday tuyuladi, ammo harakatlarini kuzatganingizda lol qolishingizx tayin. Luka qisqa, o‘rtacha va uzun to‘p oshirishlari bilan ham o‘yinni kuchaytirish qobiliyatiga ega, bir soniyada vaziyatga to‘g‘ri baho beradi va uzoq masofalardan aniq zarba berishi ham mumkin. Modrich maydonda xatosiz harakat qiladi hisob, iqtidoriga esa har qancha maqtov kam. O‘zining ajoyib o‘yinlari bilan Modrich FIFA versiyasiga ko‘ra yil jamoasi safidan o‘rin oldi va mana 3 yildirki xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida topilib kelmoqda.

Lukaning jon koyitib o‘ynashini hamma ko‘rmoqda: muxlislar, murabbiylar, klub va termadagi jamoadoshlari. U Madridda o‘z o‘rnini topa bildi va buning uchun uni sevishadi. Umuman, Modrichni siz kimga muxlislik qilishingizdan qat’iy nazar, ajoyib futbolchi sifatida sevmay, hurmat qilmay bo‘lmaydi. Xorvat bilan shartnomani uzaytirgan «Qirollik klubi» barchani birdayin xursand qilgani ham bor gap. Zero, Modrichning klub muvaffaqiyatlaridagi o‘rnini inkor qilish adolatdan bo‘lmasdi. Uning klubdagi o‘rni  Ronaldu, Beyl yoki Ramos kabi gigantlardan aslo kam emas.

«Siz hech qachon Modrichni tungi klublarda ko‘rmaysiz, — deb yozadi Marca. — Ammo, aslo hayvonot bog‘ida emas!».

Xorvat juda kamtar va sipo yigit. Modrich karyerasi davomida biror marta ham obro‘yiga dog‘ tushirmagan, insoniy fazilatlariga esa havas qilsa arziydi. Bo‘sh vaqtini tungi klublardagi to‘palanglar o‘rniga uyida oilasi, turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan o‘tkazishni ma’qul ko‘radi. Shu bois, Modrichlar oilasidagi totuvlik doim fotokameralar ob’ektividan joy oladi. Darvoqe, uning xotini avval sport agenti bo‘lgan, ularning 2 nafar farzandlari bor.

So‘nggi mavsum yana shunisi bilan yodda qoldiki, unda Luka «Real» va Xorvatiya termasi uchun o‘z izdoshini  tayyorlamoqda ekan - Mateo Kovachichni. Zero, Modrich endi yosh emas - 31da, o‘rinbosari uchun esa hammasi oldinda. Xorvat bir necha bor aynan Kovachich uning o‘rnini egallashi to‘g‘risida aytdi va xursandchilik bilan bu ishga qo‘l urishini ta’kidladi. Hozircha esa, hammasi u aytganday bo‘lyapti. Kovachichning Luka bilan hamkorlikdagi o‘yinida keskin o‘sish kuzatilmoqda va bir mavsumning o‘zidagi bundayin o‘zgarishdan lol qolmay iloji yo‘q.

Bundan chiqadigan xulosa esa bitta: Modrich barchasini uddalaydigan xorvat!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:15, 11.03.2017.
O'qildi: 8377 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.