«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan «Deportivo» klubiga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini aytdi.
«Deportivo» murabbiyini almashtirganidan so‘ng, uch o‘yinda 5 ochko jamg‘ardi. Yangi bosh murabbiy qisqa vaqt ichida futbolchilarni yaxshi tayyorladi. Biroq men o‘yinchilarimga ishonaman. Biz mavsumning yakuniy qismidamiz, shuning uchun ham g‘alaba qozonishimiz shart.
PSJga qarshi o‘yindagi hakamlik? Bunga izoh bermayman» - dedi Luis Enrike AS xabarida.