Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Atalanta 2-0 Torino
11/01 01:00 Valensiya 1-1 Elche
11/01 16:30 Xitoy 1-0 Avstraliya
11/01 16:30 Lechche 1-2 Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano 2-1 Malyorka
11/01 19:00 Tailand 1-1 Iroq
11/01 19:00 Fiorentina 1-1 Milan
11/01 20:15 Levante 1-1 Espanyol
11/01 22:00 Verona 0-1 Lasio
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari
13/01 00:45 Yuventus - Cremonese
13/01 01:00 Sevilya - Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya

Ter Shtegen - “Barselona” ishonchi

Ter Shtegen - “Barselona” ishonchi

Baho:
+ | -

“Barselona” mavsumni bir tekis o‘tkaza olmay kelmoqda. Mavsum davomida ko‘tarilish va pasayishlar kuzatildi. Bu davrda kataloniyaliklar safida o‘zini bir maromda ko‘rsatib kelgan yagona o‘yinchi – Mark Andre Ter Shtegen bo‘ldi.

“Barselona” har doim darvozabon masalasida muammolarga duch kelgan. Dyutrueldan tortib Karlos Roagacha, bu yerda Viktor Valdesni ham eslab o‘tish joizdir. Qisqa qilib, “Barsa” namunali darvozabonlarga har doim ham yolchimagan.

“Klubdan ham ortiqroq”. “Barselona”da o‘z o‘rnini topib ketishi uchun darvozabondan ham ortiqroq bo‘lishi kerak. To‘pni oshira bilish, o‘yinni o‘qiy olish, kerakli paytda darvozani tashlab chiqish, so‘nggi himoyachi vazifasini o‘tash shular jumlasidan. Ter Shtegen esa bularni hammadan ko‘ra yaxshiroq biladigandek. “PSJ”ga qarshi “kambek”da aynan Ter Shtegenga nisbatan Verratti tomonidan ishlatilgan qo‘pollik 95-daqiqada jarima zarbasiga olib kelgan va bu vaziyat keyinchalik Serxi Robertoning goli bilan yakun topgandi.

“Barselona” posboni bo‘lish bu ilk to‘pni oshiruvchi, o‘yinga ritm beruvchi degani. O‘yinga qo‘shilishi va ayni paytda raqib hujumlarini to‘xtatishi kerak bo‘ladi. Buni ba’zan o‘z chizig‘ida yoki biroz oldinda bajarishiga to‘g‘ri keladi. Ter Shtegen esa bu vazifani mavsum davomida muntazam amalga oshirib kelmoqda. La Liga doirasida “Leganes”ga qarshi kechgan bahsda nemis posbonining xatti-harakatlari jamoasiga qimmatli uch ochkoni olib bergandi. Biroq, har doim ham ishlar ko‘ngildagidek bo‘lavermaydi. Ter Shtegen ham xato qilgan vaziyatlar bo‘ldi.

Uning “PSJ”ga qarshi o‘yini qobiliyatlarini ochib berdi. “Myunxengladbax”ning sobiq posboni bu bahsda 32 pasni amalga oshirdi. Shundan 28 tasi esa aniq manziliga yetdi. Parijliklarning birorta o‘yinchisi bunday ko‘rsatkichga ega emas. Uning o‘z jamoadoshlarini olg‘a boshlashi esa alohida tahsinga loyiq. Xaver Maskerano u haqida o‘yindan so‘ng quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: ““PSJ”ning golidan keyin Ter Shtegen bizga qarab: “Yutamiz, yutamiz! Biz “Barsa”miz deya qichqirdi. Men esa Busketsga qarab unda muammolar bor, deb qo‘ya qoldim.”

Luis Suares esa o‘g‘li nemis posboniga taqlid qilishini aytib o‘tdi: “O‘g‘lim futbolni judayam yaxshi ko‘radi. U darvozabon bo‘lmoqchi, u Ter Shtegenga havas qiladi. Sochini Ter Shtegenning soch turmagiday oldiradi.”

Xavfli vaziyatlarni bartaraf qilish bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan Ter Shtegen Futbolavanzado ga ko‘ra eng yaxshi statistik ko‘rsatkichga ega. 13-turdan 25-turgacha, “Barselona” posboni Ispaniya chempionatida 85.71 % bilan xavfli vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha eng yaxshisi hisoblanadi. Bu mavsumda Luis Enrike shogirdlari orasida bir tekis o‘yin namoyish etayotgan yagona futbolchi. Balki, ushbu mavsumda “Samora sovrini”ning bo‘lajak sohibidir?

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 13:18, 12.03.2017.
O'qildi: 8499 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.