«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn Angliya kubogidan o‘rin olgan «Milluol» klubiga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
23 yoshli futbolchi bellashuvning 10-daqiqasida maydondagi o‘rnini Kristian Eriksenga bo‘shatib berdi. Uning jarohati qanchalik jiddiy ekani tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Harri Keyn joriy mavsumda barcha musobaqalarda 30 o‘yin o‘tkazib, 24 gol urgan.