Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya superklubi Xvichani 150 million yevroga sotib olishga tayyor

Ispaniya superklubi Xvichani 150 million yevroga sotib olishga tayyor

Baho:
+3 | -

«PSJ» klubining gruziyalik yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya faoliyatini Yevropaning boshqa bir top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma’lum bo‘lishicha, madridning «Real» klubi vingerni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qirollik klubi» rahbariyat futbolchining transferi uchun 150 million yevro mablag‘ ajratishga tayyor.

2025/2026 yilgi mavsumda Kvarasxeliya Parij grandi safida 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Gruziyalik futbolchi ushbu o‘yinlarda 19 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Xvichaning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari uning transfer bahosini 140 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 15:30, 06.06.2026.
O'qildi: 1032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик