Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zbekiston ayollar termasi ikkinchi o‘yinida ham BAAni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston ayollar termasi ikkinchi o‘yinida ham BAAni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

Shu kunlarda BAAning Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi kecha, 12 mart kuni BAA ayollar termasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Mazkur bellashuvda Sherali Boboqulov shogirdlari 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Mahliyo Sarikova, Lianna Narbekova, Lyudmila Karachik, Dildora Nozimova, Mahfuza Turopova mualliflik qildi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 9 mart kuni o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida BAA termasini 8:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Mazkur uchrashuvlar har ikki terma jamoa uchun Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichidagi ishtirokiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo‘lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi. Saralash bosqichiing “B” guruhi uchrashuvlari 3–11 aprel kunlari KXDRda bo‘lib o‘tadi.

Sherali Boboqulov qo‘li ostidagi terma jamoa 14 mart kuni Toshkent shahriga qaytib keladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
BAA, Dubay
12 mart, yakshanba

BAA – O‘zbekiston — 0:5

Gollar: Sarikova (44), Narbekova (59), Karachik (65), Nozimova (69), Turopova (78).

O‘zbekiston: Maftuna Jonimkulova, Kamola Risqiyeva (Dildora Nozimova, 46), Holida Dadaboyeva, Zumrad Nazarova (Maftuna Shoyimova, 59), Mavluda Munavvarova (YUlduz Nabiyeva, 60), Nozima Kamoltoyeva (Iroda Turdaliyeva, 56), Mahfuza Turopova, Feruza Turdibayeva, Mahliyo Sarikova (Umida Zoirova, 62), Lianna Narbekova (Nilufar Qudratova, 62), Lyudmila Karachik.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:56, 13.03.2017.
O'qildi: 7432 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.