Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

OCHL. «Bunyodkor»: yana qizil kartochka, yana mag‘lubiyat

OCHL. «Bunyodkor»: yana qizil kartochka, yana mag‘lubiyat

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Zob Ohan" uchrashuvi yakuniga yetdi. Sergey Lushchan shogirdlari guruh bosqichida ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashdi.

Avvalgi o‘yinlarda bo‘lgan manzara yana takrorlandi. O‘yin boshida "qaldirg‘ochlar" raqib darvozasi tomon bosim uyushtirib, vaziyatlardan foydalana olishmadi. Keyinchalik esa eronliklar o‘yin sur’atini tenglashtirib, asta-sekin hujumga o‘ta boshladi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlarning hujumlaridan birida "Bunyodkor" futbolchilari qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi. Natijada Jerri Bengston darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga qochib ketib, hisobni ochdi.

"Al-Ayn"ga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham "Bunyodkor"ning bir nafar futbolchisi maydondan chetlatildi. Maydon markazida havodagi to‘p uchun kurashda Chemirtan raqib futbolchisining ko‘kragiga tepib yuborgani uchun hakam unga darhol qizil kartochka berdi.

Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, mezbonlar hujum tashkil qilishga harakat qilishdi. Hujumlarning birida Sardor Azimov juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa "Zob Ohan" qarshi hujum tashkil qildi va penalti ishladi. Tabriziy jarima zarbasidan adashmadi. 0:2.

"Bunyodkor" uchinchi o‘yindan keyin o‘zining ochkolar hisobini ocha olmadi. "Qaldirg‘ochlar"ning pley-offga chiqish imkoniyati keskin pasayib ketdi. "Zob Ohan" esa o‘z ochkolarini 4taga yetkazib oldi.

OCHL, "S" guruhi, 3-tur
"Bunyodkor" - "Zob Ohan" 0:2 (0:0)
Gollar: Jerri Bengston (55), Murtazo Tabriziy (90+6-penalti)
"Bunyodkor" - 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 5.Javlon Mirabdullayev, 7.Dushan Michich, 8.Javlon Ibrohimov, 9.SHahzodbek Nurmatov, 11.Vadim Chemirtan, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 29.Otabek Shukurov, 30.Xurshid G‘iyosov
Zaxira: 45.Dilshod Hamroyev, 16.Alisher Sanoyev, 20.Sardorbek Azimov, 23.Nodirxon Kamolov, 28.Davronbek Umirov, 44.Mirjamol Qosimov, 97.Javohir Esonqulov
"Zob Ohan" - 12.Muhammadrashid Mazaheri, 2.Muhammad Najod Mehdi, 3.Vohid Muhammadzoda, 6.Mahdi Mahdipur, 7.Sayid Muhammadrizo, 10.Ehson Pahlavon, 18.Ali Hamam, 23.Danial Esmoilfar, 24.Mehron Derakshanmehr, 27.Jerri Bengston, 30.Mahli Rajabzoda
Zaxira: 22.Hamid Erfani, 9.Rabih Ataya, 11.Murtazo Tabrizi, 19.Mehrdod G‘anbari, 20.Hujjat Xaqverdi, 33.Muhammad Sattoriy, 70.YOsir Feyzi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:57, 13.03.2017.
O'qildi: 12417 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик