"Peskara" darvozaboni Albano Bissarri "Real"dagi hamkasbi Keylor Navasga juda qiyin bo‘layotganini aytdi.
Madridliklarning kosta-rikalik posboni ko‘pincha tanqid ostida bo‘ladi, matbuot doim "Real" o‘ziga yangi darvozabon izlayotganini yozadi.
"Agar sen Keylor Navas bo‘lsang, "Real"da o‘ynashing qiyin. Sen dunyoning eng yayaxshi darvozaboni hisoblanmasang, Buffon yoki Noyer bo‘lmasang va xato qilib qo‘ysang tanqid juda og‘ir bo‘ladi. Xatolar esa har doim bo‘ladi.
Gap Keylorning bunday klub posboni bo‘la olmasligida emas, shunchaki, uni "Real" darvozaboni hisoblashmaydi. Agar u xatoga yo‘l qo‘ysa, "Real"ga munosib emasligini gapira boshlashadi", - deydi Bissarri.