Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya 1-2 Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal
05/01 00:45 Verona - Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma

"Navbahor" - "Neftchi": Prevyu

"Navbahor" - "Neftchi": Prevyu

Baho:
+ | -

Vodiyning ikki nomdor jamoalari Namanganning "Navbahor" hamda Farg‘onaning "Neftchi" jamoalari Oliy liganing 3-turiga kelib mavsumdagi ilk "Vodiy derbisi"da to‘qnash kelishmoqda.

Mavsumlar oralig‘ida tarkibni kuchaytirgan va yangi mavsumda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan bu ikki klubning galdagi bellashuvi ham qizg‘in tus olishi aniq. Shuningdek raqiblar tarkibida bir qator sobiq jamoadoshlar shu kuni bir-birlariga qarshi maydonga saf tortishadi. Bu ham o‘ziga hos qizg‘in raqobatni yuzaga keltiradi. O‘z vaqtida "Neftchi"ning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri bo‘lgan Mansur Saidov, bir-necha yillar davomida o‘zining himoyadagi ishonchli o‘yinlari bilan tanilgan Jahongir Mehmonov hamda o‘tgan mavsum Farg‘onada o‘tkazgan Alisher Samatov 16 mart kuni sobiq jamoalariga qarshi to‘p tepishadi. Bunday misollarni "Neftchi" safida ham ko‘rishimiz mumkin. Oliy liga-2016da namanganliklar safida porlagan tezkor yarim himoyachi Akram Bahriddinov 3-turda o‘z viloyatdoshlari bilan bellashadi.

Oliy ligada uzoq yillardan beri ishtirok etib kelayotgan "Navbahor" hamda "Neftchi" klublari shu kunga qadar 50 uchrashuvlik dovondan o‘tishga ham ulgurishdi. 16 mart sanasida "Navbahor" - "Neftchi" raqobatining 51-bahsiga guvohi bo‘lish imkoniyatiga egamiz. O‘zaro o‘yinlar statistikasi farg‘onaliklarning ustunligini ko‘rsatmoqda. "Neftchi" so‘nggi 50 o‘yin ichida 25 marta Namangan jamoasidan ustun kelgan. 12 o‘yinda tomonlar do‘stlik ko‘chasini tanlashgan. 13 ta uchrashuvda esa namanganliklarning qo‘li baland kelgan. “Neftchi” o‘zaro o‘yinlarda 75 bor raqib darvozasiga yo‘l topa olgan. “Lochinlar” esa 50 bor gol kiritishgan. “Neftchi” o‘zaro o‘yinlarda 87 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Navbahor” hisobida 51 ochko mavjud. “Navbahor”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 3:0 bo‘lib turibdi. “Neftchi”ning yirik g‘alabasi esa – 4:1.

Derbi maqomiga ega bahslar doim yuqori qiziqishga sabab bo‘lib kelgan. Bu safargi to‘qnashuv ham bundan mustasno emas. Shunday ekan barcha futbol ishqibozlarini 16 mart kuni Namangan shahridagi "Markaziy" o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan o‘yinga chorlab qolamiz. Bellashuv soat 17:00da start oladi.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 17:20, 14.03.2017.
O'qildi: 6169 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.