«Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtua, Angliya kubogidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» (1:0) klubiga qarshi o‘yinda yarimhimoyachi Ander Erreraning maydondan chetlatilishini adolatdan deb hisoblamoqda.
«Manchester Yunayted» juda ko‘p qoida buzdi, bu Mourinyoning uslubidir. Errera Azarga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va ikkinchi sariq kartochkaga loyiq edi.
Raqib bizga ruhiy bosim o‘tkazmoqchi edi. Albatta buni Mourinyo talab qilgan. Ammo biz ham o‘z o‘yinimizni namoyish qilib, yarimfinalga chiqdik» - dedi Kurtua.