Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum”: Prevyu

“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum”: Prevyu

Baho:
+ | -

3-tur doirasida "Qo‘qon-1912" Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Quyida mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yiniga doir statistik ma’lumotlar bilan tanishing.

O‘zaro o‘yinlar

Bugunga qadar bu jamoalar Oliy liga doirasida 10 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning yettitasida navoiyliklarning qo‘li baland kelgan. Ikkita uchrashuvda qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. Bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 25-10, “Qizilqum” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qizilqum” 22 ochko, “Qo‘qon-1912” esa 7 ochko to‘plagan.

Qo‘qonda o‘tgan barcha uchrashuvlar:

24.04.2016 «Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» 0:3

25.09.2015 «Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» 1:0

19.04.2003 «Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» 1:3

30.11.2002 «Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» 2:1

02.11.2000 «Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» 1:3

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan 5 o‘yinning ikkitasida g‘alaba qozongan.

 

Uchrashuv hakamlari

“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvini Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar boshqarib boridigan bo‘ldi.

O‘tgan yili ushbu hakam mazkur jamoalarning Navoyida bo‘lib o‘tgan o‘yinini boshqarganini ta’kidlab o‘tish joiz.

Oliy liga

3-tur

18 mart

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Qizilqum» (Navoiy)

Hakamlar: Vladislav Seytlin (Toshkent), Alisher Usmanov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent), Shavkat Nasibullayev (Toshkent)

Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev (Toshkent).

O‘zPFL vakili: Valeriy Lyotkin.

 

Boshlanish vaqti

Mazkur uchrashuv 18 mart shanba kuni “Markaziy” o‘yingohda soat 16:00da boshlanadi. O‘rinbosarlar bahsi esa 17 mart kuni soat 14:00da boshlanadi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:22, 15.03.2017.
O'qildi: 5624 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.