«Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshford «Barselona»ga o‘tishni istagan edi.
Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni ijara huquqi asosida «ko‘k-anorranglilar» safida o‘tkazdi, shundan so‘ng Kataloniya klubi uni 30 million yevroga sotib olish bandini faollashtirmaslikka qaror qildi. Yaqinda «qizil iblislar» tarbiyalanuvchisi shu yozda «Barsa»ga qaytib bormasligi uzil-kesil ma’lum bo‘ldi.
Sport nashri xabariga ko‘ra, Reshford uchun La Liga grandiga amalga oshmay qolgan transferni qabul qilish juda qiyin bo‘lgan. 28 yoshli futbolchi bosh murabbiy Xans-Diter Flik va jamoadoshlari bilan chiqishib ketganini his qilgan, qolaversa, Markus statistika jihatidan so‘nggi yillardagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazishga erishgan edi. Futbolchi Kataloniyaga ko‘chib o‘tish uchun maoshining kamaytirilishiga ham rozi edi, ammo bitim baribir amalga oshmay qoldi.













