Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

3 oydan so‘ng 42 yoshni qarshilaydigan Oksana Chusovitina Kanadadagi turnirda kumush medalga sazovor bo‘ldi

3 oydan so‘ng 42 yoshni qarshilaydigan Oksana Chusovitina Kanadadagi turnirda kumush medalga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Olimpiya o‘yinlarining 7 karra ishtirokchisi o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina 9–12 mart kunlari Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha L’International Gymnix–2017 turnirida kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Shu yilning 19 iyun kuni 42 yoshini qarshilaydigan Chusovitina tayanib sakrash bahsida 14,475 ochko to‘pladi. Oltin medal 14,500 ochko to‘plagan mezbon sportchi Shellon Olsenga nasib qilgan bo‘lsa, yaponiyalik Xitomi Xatakeda (14,025) va kanadalik Bruklin Murs (13,225) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 16–19 mart kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida FIG seriyasiga kiruvchi Jahon kubogida ishtirok etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:10, 15.03.2017.
O'qildi: 6107 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик