Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona - Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

«Real»ga oid 10ta qiziqarli fakt

«Real»ga oid 10ta qiziqarli fakt

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi faoliyati boshlanganiga 115 yil to‘ldi.

«Qirollik klubi» 6 mart kuni 115 yilligini nishonladi. Shu munosabat bilan interfutbol.uz sayti «los blankos»ga doir 10ta qiziqarli faktga e’tibor qaratdi. Aslida Madrid jamoasiga 1902 yilning 2 mart kuni aka-uka Palasioslar asos solishgan.

Aniqrog‘i, ular «Futbol Skay» bazasida alohida klub tuzib, unga Madrid Football Club nomini berishgan. 1920 yilga kelib, qirol Alfons XII bu jamoaga «qirollik» maqomini ravo ko‘radi.

«Real» bir asrdan ko‘p vaqt  oralig‘ida turli davrlarni boshdan kechirdi: xursandchiliklar, diktator Frankoning mehri, CHL la’nati, sovrinsizlik... Umuman olganda, «qaymoqranglar» 115 yil ichida Ispaniyada 32 marta chempion bo‘lishdan tash-qari, CHK|CHLda naq 11 marta bosh sovrin sohibiga aylanishdi. Jamoaning jami sovrinlari soni esa 110taga yetdi!

1. «Real» 115 yil davomida 3914ta o‘yin o‘tkazib, shundan 2305tasida g‘alaba qozondi, 757 marta durangga rozi bo‘lib, 852 marta mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa butun tarixida 8442ta gol urgancha 4461ta qo‘yib yubordi. E’tiborlisi, madridliklar jami o‘yinlarning yarmidan ko‘pida g‘alabani tantana qilishgan -  59 foiz.

2. «Real»ning eng uzun mag‘lubiyatsiz seriyasi jamoa boshqaruvi Zayniddin Zidan qo‘liga o‘tganidan ke-yin kuzatildi. «Blankos» fransiyalik sobiq o‘yinchisi rahbarligida ketma-ket 40ta o‘yinda mag‘lubiyat ko‘chasiga kirmadi.

3. Eng uzun g‘alabalar seriyasini esa Karlo Anchelotti ta’minladi. Ya’ni «Real» italyan mutaxassisi boshqaruvida mavsum-2014|2015da qatorasiga 22ta o‘yinda maydonni g‘olib sifatida tark etdi.

4. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 392 nafar futbolchiga rasmiy o‘yinda «Real» uchun kamida 1ta gol urish nasib etgan. Jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar - Krishtianu Ronaldu (392ta gol).

5. 115 yil davomida «Real» sharafini rasmiy o‘yinlarda jami 729 nafar futbolchi (kamida 1 daqiqa) himoya qilgan. O‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi - Raul Gonsales. U «Qirollik klubi» libosida 741 marta maydonga tushgan. Xorijliklar orasida esa bosh gvardiyachi maqomi braziliyalik Roberto Karlosga tegishli - 527ta o‘yin.

6. «Real» tarixidagi eng yirik hisobli g‘alaba 11-1 bo‘lib, jamoa buni uzoq 1942|1943 yillar mavsumida qayd etgan. E’tiborlisi, madridliklar «Kopa del Rey» turniri «pley-off» bahsida «Barselona»ni shu tahlit yengishgandi.

7. Ayni payt «Real» yangi tarix bityapti - joriy yil 6 mart holati bo‘yicha aytsak, ketma-ket 46ta o‘yinda gol urdi. Bu mutlaq rekord.

8. Madridliklar shuncha vaqtda 237ta jamoa bilan to‘qnash kelishgan. Eng ko‘p o‘yin azaliy raqib - «Barselona»ga qarshi kechgan (233ta). Baskoniyaning «Atletik» klubi esa «Real» bilan 112 marta kuch sinashgan.

9. 115 yil davomida «Real» jami 46 nafar bosh murabbiyni ko‘rgan. Jamoa boshqaruvida eng uzoq ushlanib turgan mutaxassis Migel Munyos bo‘lib, u futbolchilarni 602 marta rasmiy o‘yinga boshlab tushgan.

10. Shuncha vaqtda 18 nafar funksioner «Real» prezidenti lavozimida ishlagan. Ularning har biri o‘rtacha hisobda 6 yil rahbarlik qilgan. Eng omadli prezident amaldagi rahbar Florentino Peresdir. Jamoa uning boshqaruvi payti jami 32ta sovrin yutdi.

P.S.: statistik ko‘rsatkichlarning barchasi joriy yil 6 mart holati bo‘yicha keltirilgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:24, 15.03.2017.
O'qildi: 16744 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.