Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

China Dragons jamoasi Uzbek Tigers’ga qarshi janglar uchun Toshkentga eng yaxshi bokschilarini olib keladi

China Dragons jamoasi Uzbek Tigers’ga qarshi janglar uchun Toshkentga eng yaxshi bokschilarini olib keladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks seriyasi (WSB) «C» guruhi 4-turida Uzbek Tigers bokschilari Xitoyning China Dragons jamoasiga qarshi jang qiladi. Bellashuvlar 18 mart, shanba kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak janglarda Uzbek Tigers sharafini himoya qiladigan bokschilar ma’lum qilingandi. Qozog‘istonda Astana Arlans’dan yengilgan tarkib bu safar xitoylik bokschilarga qarshi ringga ko‘tariladi.

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov;

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev;

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov.

Xitoyliklar Toshkentdagi janglar uchun eng yaxshi bokschilarini olib keladi. Quyida China Dragons’ning tarkibi bilan tanishing.

-52 kilogramm: Yong Chang (2016 yilgi Xitoy chempioni);

-60 kilogramm: Sen Vang (Xitoyning amaldagi chempioni);

-69 kilogramm: Vey Liu (2015 yilgi jahon chempionati sovrindori);

-81 kilogramm: Jiabin Xuang (2016 yilgi Xitoy chempioni);

+91 kilogramm: Xaypeng Mu (2015 yilgi Xitoy chempioni).

Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017 yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:46, 16.03.2017.
O'qildi: 10424 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик