Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Andrey Fyodorov: “O‘yin “derbi” maqomiga mos bo‘ldi”

Andrey Fyodorov: “O‘yin “derbi” maqomiga mos bo‘ldi”

Baho:
+ | -

“Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetgach, matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab jurnalistlarning savollariga “Neftchi” ustozi Andrey Fyodorov javob qaytardi:

"Bugungi bahs “derbi” maqomiga to‘la mos keldi deb aytishim mumkin. O‘yinni muxlislarga manzur bo‘lganligi ayni haqiqat. Ammo, murabbiylar borasida bunday deb bo‘lmaydi. Keskin kurash kechganligi sababli bosim kuchli bo‘ldi. “Navbahor”ga qarshi uchrashuvga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rgandik. Ikki raqibning o‘zaro o‘yinlari doimo murosasiz va keskin ruhda o‘tib kelgan. Futbolchilarimizni maydonda ko‘rsatgan matonatlaridan qoniqish hosil qildim. Balki o‘ylagan o‘yinimizni ko‘rsata olmaganimiz sababli qayerdadir o‘xshamagan bo‘lishi mumkin. Lekin, bugun maydon egalari bizga o‘zlarining havodan to‘p oshirishlari bilan ko‘p tashvish olib kelishdi. Har holda ularning bo‘ydor hujumchilari borligi sababli va Yovanovichni ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynash olishi sababli qayerdadir vazifani uddalay olmagandirmiz. Masalan penalti belgilangan vaziyatda ham shunday holat kuzatildi. Uchrashuvni qayta ko‘rib chiqib, qayerda xatoga yo‘l qo‘yganimizni o‘rganib chiqamiz. “Derbi”ga xos o‘yin bo‘lganligi ko‘pchilikka manzur bo‘ldi deb o‘ylayman. Shu sababli har ikki jamoa tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘zga ko‘rinmagan bo‘lishi mumkin. Futbolchilik davrida ham “derbi”da ko‘p bor maydonga tushganman. O‘sha paytlardan beri ikki raqib qarama-qarshiligi shiddatli va murosasiz ruhda o‘tib kelgan. Bahsni shunday tarzda kechishi oldindan kutilgandi. Bugungi o‘yindan emas, aksincha futbolchilarimizni bor imkoniyatlarini ishga solganliklaridan qoniqish hosil qildim. O‘zimiz o‘ylagan darajada to‘p surishimizga “Navbahor” ham imkon bermadi. Natija esa bizni qoniqtirdi. Maydonda ko‘rsatgan o‘yinimizdan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsa bugun biz ikki ochko yo‘qotdik. Namanganga g‘alaba ilinjida kelgandim. Ammo, yakunda duranga erishdik" - dedi Fyodorov. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:03, 16.03.2017.
O'qildi: 13232 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.