Shveysariya Superligasida "Tun" va "Lugano" jamoalari o‘rtasida uchrashuvdan so‘ng (5:2) mag‘lub bo‘lgan jamoa bosh murabbiyi Paolo Tramessani ertasi kuni rtalab futbolchilarni oddiy zavodga olib bordi.
"Men futbolchilarga oddiy odamlar qanday qiynalib pul topishlarini ko‘rsatmoqchi bo‘ldim", - deya o‘z qarorini izohladi Tramessani.
Erta tong soat 6:00da klub bazasi oldida avtobus futbolchilarni kutib turar edi. Futbolchilar zavodga borib, ishchilarning mehnati bilan tanishdilar, so‘ngra mashg‘ulotga kirishdilar.
"Buni sharhlashni istamayman. Murabbiy o‘zi kerakli deb hisoblagan ishni qilishga haqli", - deydi "Lugano" prezidenti Anjelo Ranzetti.