Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano «Real»dan ketgan Karvaxal o‘rniga ko‘rilayotgan uchta nomzodni aytdi

Romano «Real»dan ketgan Karvaxal o‘rniga ko‘rilayotgan uchta nomzodni aytdi

Baho:
+ | -

«Real» jamoa sardori Daniel Karvaxal ketganidan so‘ng, o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasi uchun uchta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder jurnalist X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Real»ning asosiy nomzodlari sifatida «Inter» a’zosi, niderlandiyalik Denzel Dyumfris hamda «Tottenxem Xotspur»ning ispaniyalik himoyachisi Pedro Porro ko‘rilmoqda. Zaxira varianti sifatida esa Lissabonning «Sporting» klubi laterali, yana bir ispaniyalik futbolchi Ivan Fresneda tanlangan bo‘lib, uning o‘yinlarini kuzatish uchun skautlar yuborilgani qayd etilgan.

Karvaxal Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Qirollik klubi» sardori 2013 yilning yozidan buyon asosiy jamoada uzluksiz to‘p tepib kelayotgan edi va shu yilning may oyida jamoadan ketishini e’lon qildi. U yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Karvaxal «Real» libosida jami 451 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 66 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:20, 02.06.2026.
O'qildi: 1188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик