Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

«Qo‘qon-1912» Rayevasning goli evaziga «Qizilqum»ni mag‘lub etdi

«Qo‘qon-1912» Rayevasning goli evaziga «Qizilqum»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Oliy liganing 3-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Qizilqum»ni qabul qildi.

O‘yin mehmonlarning hujumi bilan boshlandi. 2-daqiqada navoiyliklarning ilk hujumi xavfli ko‘rinish oldi. Qo‘qonliklar jarima maydonchasi yaqinida Artur Gevorkyanga qarshi qo‘polik ishlatildi. Turkmanistonlik futbolchining o‘zi jarima to‘pini sheriklariga oshirib berdi. Yuzaga kelgan pala-partishlikdan keyin to‘p darvoza to‘siniga tegdi.

6-daqiqa burchakdan oshirilgan to‘pni Andrey Sidorov boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi. Zarbaga biroz aniqlik yetishmadi. Bundan oldin Filip Rayevas o‘zining individual harakatlari bilan jarima maydonchasiga kirishga urinib ko‘rdi. Uni himoyachilar to‘xtatib qolishdi.

13-daqiqada Rayevasga qarshi qo‘pollik ishlatildi. Ammo, jarimadan oshirilgan to‘pni serbiyalik hujumchi darvozaga to‘g‘irlay olmadi.

21-daqiqada yana bir jarima to‘pi tepildi. Murod Xolmuhammedovning zarbasidan so‘ng to‘p to‘g‘ri Makosinning qo‘liga borib tushdi.

43-daqiqada mehmonlar hisobni ochishga yaqin edi. Lekin himoyachilar va darvozabonning harakatlari evaziga goldan saqlanib qolindi. Jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni qo‘qonliklar faol tarzda boshlashdi. 50-daqiqa o‘tib borayotgan paytda Filip Rayevas mehmonlar darvozasini ishg‘ol etdi. Bu serbiyalik hujumchining ikkinchi o‘yindagi ikkinchi golidir.

55-daqiqada Andrey Sidorovga biroz tezlik yetishmadi. Aks holda darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borar edi.

58-daqiqada Filip Rayevas darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib borayotgan paytda yiqilib tushdi. Qulay imkoniyat qo‘ldan boy berildi. 75-daqiqada Bahodir Pardayev jarima maydonchasi ichida yolg‘iz qolganiga qaramay, to‘pni o‘zida ko‘p o‘shlab qoldi. Natijada qulay imkoniyat qo‘ldan chiqarildi.

Qolgan daqiqalarda jamoalar bir qator vaziyatlarni vujudga keltirishdi. Ammo muxlislar boshqa gol ko‘rmadi.

Oliy liga
3-tur
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” – 1:0 (0:0)
Hakamlar: V. Seytlin, A. Usmonov, T. Gaynulin, SH.Nasibullayev.
Nazoratchi: B. Tog‘ayev.
O‘zPFL vakili: V. Lyotkin
Gol: Filip Rayevas-50.
“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 8. Sobir Hamidov (10. Javohir Sidiqov-65), 11. Andrey Sidorov, 18. Bahodir Pardayev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 24. Ibrohim Rahimov, 26. Akmal Xolmurodov (85. Ruslan Meleziddinov-63), 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevas (9. Nosir Otaqo‘ziyev-81).
Zaxira: 13. Nikita Ribkin, 7. Jamshid Hasanov , 17. Avaz Mamatxo‘jayev, 96. Muhammadanas Hasanov.
“Qizilqum”: 22. Artyom Makosin, 3. Shukurali Po‘latov, 4. Erkin Boydullayev, 8. Akmal Rustamov, 10. Vohid Shodiyev, 14. Fayzullo Qambarov, 15. Azamat Allaniyozov (9. Otabek Zokirov-80), 17. Artur Gevorkyan, 19. Jasur Hasanov, 23. Sherali Jo‘rayev, 27. Ilhom Yunusov.
Zaxira: 16. Umid Xonimqulov, 18. Samandar Shodmonov, 25. Azizbek Usmonov, 35. Orzu Razzoqov, 77. Bekzod G‘anijonov, 85. Andrey Derkach.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 18:14, 18.03.2017.
O'qildi: 6926 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.