"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli o‘zining "Barselona"ga o‘tayotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.
"Men jamoam bilan yangi shartnoma imzolamayman, chunki bu menda bor. "Barselona" men bilan qiziqqani haqiqat emas. U yerdan hech kim men bilan bog‘lanmadi.
Monchining "Sevilya"da qolishini istayman. Ammo bu mening qarorimga ta’sir qilmaydi. Bu jamoada men o‘zimni foydali, sevimli va hurmatli sezaman", - deydi Sampaoli.













