Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Vladislav Xan: “G‘oliblik “Sevinch” uchun – an’anaga aylangan”

Vladislav Xan: “G‘oliblik “Sevinch” uchun – an’anaga aylangan”

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi – Vladislav Nikolayevich Xan Qarshining “Sevinch” jamoasiga ustozlik qilib kelmoqda. 

Bu murabbiy boshqaruvidagi “Sevinch” jamoasining qo‘lga kiritgan yutuqlarini sanab o‘tish uchun ko‘p vaqt talab etadi. Birgina mini futbol (futzal) bo‘yicha u murabbiylik qilayotgan jamoa o‘z tarixida o‘n uch marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Vladislav Nikolayevich futzal bo‘yicha o‘z maktabiga asos solgan mutaxasis hamdir. Katta futbolda esa, “Sevinch” mamlakatimizning o‘n ikki karra chempioni bo‘lgan. Bu yutuqlarni mamlakatimizda hech bir murabbiy hanuzgacha qo‘lga kiritgan emas. Demak, Vladislav Xan mamlakatimiz murabbiylari orasida, sovrinlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha – rekordchi hisoblanadi.

Suhbatimizning mazmuni, bunday yutuqlarni qo‘lga kiritishdagi asosiy sir haqida bo‘ldi.

-Vladislav Nikolayevich, avvalo yangi futbol mavsumidagi ilk katta yutuq bilan sizni va shogirdlaringizni samimiy tabriklaymiz!

-Katta rahmat tabrik uchun, har yili bo‘lganidek, bu yil ham ushbu chempionlikni qo‘lga kiritish oson bo‘lmadi. Yil boshida ko‘pgina yetakchi o‘yinchilarimiz jamoamizni tark etishdi. Ular o‘z omadlarini boshqa jamoalarda sinab ko‘rishni ma’qul ko‘rishdi. Qolaversa, o‘yinchilarimizga yurtimizda ham, xorijda  ham doimo talab bor. Oqibatda tarkibimizga ko‘pgina yosh futbolchilar jalb etildi. Bu yosh futbolchilar biz uchun begona emas, ular klubimiz qoshidagi tayyorlov guruhlarimizning tarbiyalanuvchilaridir. Ammo ularni o‘yinga tayyorlash uchun ancha ter tukishga to‘g‘ri keldi. Buning ustida yana ko‘p ish qilishimiz kerak bo‘ladi. Bu safar ayrim yosh futbolchilarimiz o‘z faoliyatida ilk marta chempion bo‘lishmoqda. Ulardagi quvonchni ko‘rib, barcha charchoqlaring esingdan chiqadi. Tan olaman, bundan men huzur qilaman.

-Aytingchi, “Sevinch”ning ketma-ket chempioni bo‘lishining asosiy siri nimada?

-Hech qanday sir yo‘q! Faqat g‘oliblik – bizning an’anamizga aylangan! Bu yillar davomida shakllangan ruhiy holat. G‘oliblik hech qachon oson qo‘lga kiritilmaydi. Buning uchun avvalo orzu va istak bo‘lishi kerak. Orzu istakni amalga oshirish uchun esa, sidqidildan tinimsiz mehnat qilish kerak. Klubimizda ishimizga munosabat ana shu asnoda qurilgan. Umid qilamanki, bu munosabat men ketgandan keyin ham davom etadi.

-Darvoqe, siz 60lik davondan o‘tdingiz, murabbiylikni tashlash haqida o‘ylamayapsizmi?

-Ruxsat berishmadi. To‘g‘risi, bu haqda o‘tgan mavsum so‘nggida klubimiz prezidentiga aytgan edim, ammo u kishi mendan ishimni davom ettirishimni so‘radi.

-Mayli, yana jamoa yutuqlariga qaytamiz. Agar “Sevinch”ning tarkibi ancha yoshargan bo‘lsa, katta futboldagi maqsad  o‘zgarmadimi?

-Yo‘q, o‘zgarmaydi. Bu yil ham maqsadimiz chempion bo‘lish. Klubimiz rahbariyati oldimizga doimo shunday vazifa qo‘yadi. To‘g‘ri, tajribasiz futbolchilar bilan bu vazifani amalga oshirish juda qiyin, ammo tarkibimizda hali ham tajribali futbolchilar bor. Ular menga yaqindan ko‘mak berishadi deb, o‘ylayman. Bundan tashqari, safimizni tark etgan tajribali futbolchilar ham birdan bugungi darajaga yetib qolgan emas. Ularni ham o‘smirligidan shunday tarbiya qilganmiz. Bu holatga birinchi marta duch kelayotganimiz yo‘q. Astoydil harakat qilsak, ushbu yosh futbolchilarimiz hademay professional darajaga chiqadi.

-“Sevinch” mamlakatimizdagi ayollar klubi orasida ham futzalda, ham katta futbolda muntazam ishtirok etadi.

-Maqtanish emas, “Sevinch”  mini futbolda mamlakatimizning yetakchi va katta tajribaga ega klubi hisoblanadi. Klubimizning bu borada o‘z maktabi bor. Ya’ni, bu tajriba yillar davomida shakllangan. Bu borada o‘z ish uslubimizga erishganmiz. Lekin, bu bilan biz hech qachon chegaralanib qolmaymiz. Izlanishda davom etamiz. Biz, mini futboldagi tajribamizni, katta futbolda ham qo‘llaymiz. Demoqchimanki, bu futbol turlaridagi tajribamiz bizning ish uslubimizda bir-birini to‘ldirib boradi. Qisqacha aytganda, mini futbolning katta futbolda ham foydasi bor.

-Vladislav Nikolayevich siz jamoangiz bilan ko‘plab xalqaro turnirlarda sovrindor bo‘lgansiz, u yerlarda o‘zbek futbolchi qizlarini qanday kutib olishgan?

-Dastlab qatnashgan turnirlarimizda, bizni pisand qilishmagan. Hattoki, O‘zbekistonlik qizlar futbol o‘ynashni bilarmikan, degan fikrda ham bo‘lganini sezganmiz. Ammo biz, bu turnirlarga shunchaki sayyoh sifatida emas, jiddiy maqsadda kelganimizni isbot qilganmiz va ularning bizga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirganmiz. Keyinchalik ular har yili bizni turnirlarga muntazam taklif qila boshlashgan. Bu albatta foydadan holi bo‘lmadi. Qizlarimizga bu turnirlar katta tajriba maktabi bo‘ldi. Afsuski, keyingi yillarda bunday turnirlarda ishtirok etishga moliyaviy imkoniyatimiz yo‘l qo‘ymaydi.

-Jamoangizning yaqin kunlardagi rejasi qanday?

-YAna bir necha kunlardan keyin mini futbol bo‘yicha XI O‘zbekiston kubogi start oladi. Bu musobaqadan keyin, katta futbolga tayyorgarligimizni boshlaymiz. Dastlab, III O‘zbekiston superkubogi uchrashuvida maydonga tushamiz, bu uchrashuv 17 aprel dushanba kuni Toshkentdagi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi, raqibimiz Bekobodning “Metallurg W” jamoasidir. 18 apreldan oliy liga uchrashuvlari boshlanadi. Bu yil XXIII O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Keyingi barcha tayyorgarligimiz ana shu uchrashuvlarga qaratiladi.

-Suhbatingiz uchun rahmat, sizga va “Sevinch” jamoasiga omadlar tilab qolamiz. 

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 21:06, 19.03.2017.
O'qildi: 6158 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.