Yevropa futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ba’zi murabbiylar (ko‘pchiligi futbolchilik faoliyati bilan ham mashhur) faoliyati davomida o‘z farzandlariga ham ustozlik qilgan. Goal nashri ana shunday murabbiylardan ba’zilarini eslab o‘tdi.
Zayniddin va Enso Zidan: Fransiyalik mashhur futbolchi va murabbiy Zayniddin Zidan o‘g‘li Ensoga Ispaniya Kubogi doirasida “Kultural Leonesa”ga qarshi bahsda omadini sinab ko‘rish uchun imkoniyat berdi.
Michel va Adrian Gonsales: Ispaniyalik murabbiy «Real»ning o‘rinbosarlariga murabbiylik qilgan chog‘ida o‘g‘li Adrianni “Xetafe”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushirgan.
Yohan va Hordi Kruyff: “Barselona” klubi afsonalaridan biri Yohan Kruyff ushbu jamoaga murabbiylik qilgan davrida o‘g‘li Hordiga ham futbol sir-asrorlarini o‘rgatishiga to‘g‘ri kelgan.
Chezare va Paolo Maldini: Mashhur ota-o‘g‘il “Milan”da birgalik faoliyat olib borishgan. 2001 yilda Chezare Maldini o‘g‘liga murabbiylik qilgan.
Bob va Maykl Bredli: Bob Bredli AQSH terma jamoasini boshqargan paytida Mayklga futboldan saboq bergan.
Vladimir va Vladimir Vays: Adash Vayslar. Futbolda bunaqasi ham uchrab turadi. Katta Vays kichik Vaysni Slovakiya termasiga murabbiylik qilgan chog‘ida shug‘ullantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Hyenrik va Jordan Larsson: Henrik Larsson katta futboldan keyin murabiylik bilan shug‘ullanayotganidan ko‘pchilik futbol muxlislari bexabar bo‘lsa kerak. Xususan, “Hogaborgs”da o‘g‘li Jordanga ustozlik qilgan.
Brayan va Nayjel Klaf: “Nottingem Forest”ning afsonaviy murabbiyi 9 mavsum mobaynida o‘g‘li Nayjelga murabbiylik qilgan.
Zlatko va Niko Kranchar: 2004-2006-yillarda Xorvatiya terma jamoasiga ustozlik qilgan Zlatko Kranchar o‘g‘li Niko bilan birga ishlagan.
Abedi Pele va Andre Ayyu: «Naniya» jamoasida ustozlik qilgan mashhur futbolchi bu vaqt ichida o‘g‘li Andreni ham shug‘ullantirishga muyassar bo‘lgan.
Kristian va Yoan Gurkyuff: Gurkyufflar hozirda “Renn” jamoasida birgalikda faoliyat olib bormoqda.
Harri va Jeymi Rednapp: Harri Rednapp «Bornmut»da uch mavsum o‘g‘liga murabbiylik qilgan.