«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
«Kelajagim? «Yuventus» rahbariyati bilan munosabatim a’lo. Ishlar joyida va klub keyingi rejalar haqida o‘z vaqtida meni xabardor qiladi» - dedi Allegri La Gazzetta dello Sport xabarida.
Avvalroq, mutaxassisni «Arsenal» va «Barselona»ga o‘tishi haqida xabarlar chiqqan edi.