Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Sadriddin Saymatov karate bo‘yicha jahon Premyer Ligasining ikkinchi bosqichida ham oltin medalga sazovor bo‘ldi

Sadriddin Saymatov karate bo‘yicha jahon Premyer Ligasining ikkinchi bosqichida ham oltin medalga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Gollandiyaning Rotterdam shahrida karate bo‘yicha Dutch Open jahon Premyer Ligasining 2-bosqichi yakunlandi. Mazkur musobaqada dunyoning 76 ta mamlakatidan 1100 dan ziyod sportchilar ishtirok etishdi. Quvonarlisi, Premyer Liganing 2-bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi O‘ktam Bekpo‘latovning shogirdi, termizlik Sadriddin Saymatov qatorasiga ikkinchi bosqichda oltin medalga sazovor bo‘ldi. 
Rotterdamdagi “Topsportzenturm Rotterdam” arenasida Saymatov finalga qadar Qozog‘iston, Belgiya, Angliya, Italiya, Saudiya Arabistoni vakillarini, yarim finalda esa karate vatani hisoblangan Yaponiya terma jamoasi a’zosi Naoto Sagoni 2:0 hisobida mag‘lub etib, kamida kumush medalni naqd qilgandi. Hal qiluvchi bellashuvda esa hamyurtimiz Premyer Liganing to‘rt karra g‘olibi, jahon chempionatlari sovrindori, latviyalik Kalvins Kalnins ustidan zafar quchib, shohsupaning eng yuqori qismidan joy oldi va ketma ket Premyer Liganing ikkinchi bosqichini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 
19 yoshli Sadriddin Saymatov xalqaro maydondagi zafarli yurishini o‘tgan yili Portugaliyada bo‘lib o‘tgan talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritishdan boshlagandi. Keyinchalik yurtdoshimiz Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Parijda tashkil etilgan Premyer Liganing birinchi bosqichida ham oltin medal bilan taqdirlandi. Endi esa Gollandiyadagi turnirdan yana bir oltin bilan qaytmoqda. 
Hozirda o‘zbek karatesi tarixida birinchi marta vatandoshimiz jahon reytingida birinchi o‘rinda bormoqda va ushbu natijasini saqlab qola olsa Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari lisenziyasiga ega bo‘lishi shubhasiz. Umid qilamizki, Sadriddin Olimpiya o‘yinlariga nafaqat lisenziyani qo‘lga kiritadi, balki kunchiqar yurtdan ham oltin medal bilan qaytadi.
Shuningdek, Rotterdamdagi turnir davomida O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi rahbari Alamjon Mullayev va Butunjahon karate federasiyasi Prezidenti Antonio Espinoza o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yaqin ikki yil ichida O‘zbekiston mezbonliq qiladigan Butunjahon karate federasiyasining tadbirlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. 
Ma’lumot uchun, Premyer Liga turniri jahon kubogi darajasidagi musobaqa bo‘lib, beshta bosqichdan iborat bo‘ladi. Joriy yilda ushbu musobaqalarga Parij (Fransiya), Rotterdam (Gollandiya), Dubay (BAA), Rabot (Marokash) va Leypsig (Germaniya) shaharlari mezbonlik qiladi. E’tiborlisi, Premyer Liga bosqichlari 2020 yili Tokio mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi. Shuningek, Premyer Liga bosqichlarining jahon va qit’a chempionatlaridan farqi va shu bilan birgalikda murakkab jihati shuki, unda har bir vazn toifasida bir mamlakatdan istalgancha ishtirokchi qatnashishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida tatamida kechadigan bellashuvlarni o‘ta murosasiz ruhda o‘tishini ta’minlab beradi. 
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, WKF (World Karate Federation) yo‘nalishidagi karate sport turi yozgi Olimpiya o‘yinlari tarixida birinchi marta Tokio 2020 o‘yinlari dasturidan joy olgan. Shuningdek, 2018 yilda Artentinada bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimipiya o‘yinlari dasturidan ham karate o‘rin oladi.
Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:42, 20.03.2017.
O'qildi: 7836 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.