Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Javlon Mirabdullayev: «398 kunlik tanaffus salbiy ta’sir qildi»

Javlon Mirabdullayev: «398 kunlik tanaffus salbiy ta’sir qildi»

Baho:
+ | -

OCHL 3-turida «Bunyodkor» o‘z maydonida Eronning «Zob-Ohan» klubiga mag‘lub bo‘ldi (0:2). Aynan mana shu uchrashuvda «qaldirg‘ochlar» bosh murabbiyi Sergey Lushchan iste’dodli himoyachi Javlon Mirabdullayevni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Bu futbolchi 398 kunlik tanaffusdan so‘ng ilk bor rasmiy o‘yinda ishtirok etdi. Javlon so‘nggi bor 2016 yilning 9 fevral sanasida OCHL «pley-off»i doirasidagi «Al-SHabab»ga qarshi uchrashuvda to‘p surgandi. O‘shandan beri sog‘lig‘idagi muammolar sabab yashil maydondan tashqarida qolayotgandi. Biz «Zob-Ohan»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin ushbu futbolchini suhbatga tortdik.

- Javlon, nihoyat, katta tanaffusdan so‘ng maydonga qaytdingiz. O‘tgan muddat mobaynida vaqtning o‘tishi juda qiyin kechgandir?

- Ha, nimasini aytasiz. Buning uchun yaxshigina sabr kerak bo‘ldi. Har uch oyda Germaniyaga borib, shifokorlar ko‘rigidan o‘tib turdim. Eng muhimi, maydonga qaytishimga ishonardim. Shukrki, yana futbol o‘ynayapman. Endi o‘z oldimga yangi vazifa va maqsadlarni qo‘yaman.

- Hozirgi ahvolingiz qanday?

- Hammasi joyida. Shifokorlar o‘ynashimga ruxsat berishdi. Ayni payt o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman.

- Tanaffusdan keyingi birinchi o‘yiningiz OCHL uchrashuviga to‘g‘ri keldi. Afsuski, u omadsiz yakunlandi...

- Ha, shunday bo‘lib qoldi. Lekin o‘tgan yili OCHLdagi debyut men uchun omadli chiqqandi. O‘ylaymanki, o‘yindan-o‘yinga optimal sport formasiga kirib boraman.

- «Zob-Ohan»dan qabul qilingan alamli mag‘lubiyat sabablarini muhokama qildinglarmi?

- Xoh g‘alaba, xoh mag‘lubiyatli o‘yin bo‘lsin, u albatta, muhokama qilinadi. O‘tkazib yuborilgan birinchi golda yosh bolalarcha xatoga yo‘l qo‘ydim va bundan juda afsusdaman.

- Bu holatga sabab o‘yin amaliyoti kamligimi?

- Shunday desa ham bo‘ladi. Bir yildan oshiqroq vaqt mobaynida katta futboldan yiroqda yurdim. Bu o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. O‘yindan-o‘yinga xatolar kamayib borishiga ishonaman.

- Sizningcha, «Bunyodkor»ning OCHLdagi omadsiz ishtiroki nima bilan bog‘liq?

- Guruh bosqichining ilk uchrashuvida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsakda, raqibga nisbatan yaxshiroq o‘yin namoyish etgandik. Keyingi bahslarda jarohat va qizil kartochkalar ta’sir o‘tkazdi. Lekin tan olish kerak, «Zob-Ohan» bizdan kuchliroq edi va haqli g‘alabaga erishdi.

- Guruhdan chiqish uchun imkoniyat deyarli qolmadi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Nazariy jihatdan imkoniyatlar bor. Lekin bu vazifani bajarish oson bo‘lmaydi. Guruhdagi vaziyatga va raqiblar kuchiga real ko‘z bilan qarash kerak. Qolgan 3ta o‘yindan 2tasini mehmonda o‘tkazamiz. Bu esa vazifamizni biroz murakkablashtiradi. Ammo vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish o‘z qo‘limizda. Boshqa tomondan, raqiblar ham qarab turmaydi va osonlikcha ochko bermaydi. Futbolda har qanday natija kuzatilishi mumkin. «Barselona» buni amalda isbotladi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, so‘nggi uchta o‘yinda muxlislar uchun to‘p suramiz. Ularni o‘z o‘yinimiz bilan ancha ranjitib qo‘ydik.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:19, 21.03.2017.
O'qildi: 8890 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.