Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pyanich: "Yuventus"ning "Barselona"ni yutishdan boshqa chorasi yo‘q"

Pyanich: "Yuventus"ning "Barselona"ni yutishdan boshqa chorasi yo‘q"

Baho:
+ | -

"Yuventus" yarimhimoyachisi Miralem Pyanich YECHL chorak finalida "Barselona"ga qarshi uchrashuvlar oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bizga "Barselona" tushgani munosabati bilan hech qanday o‘zgacha hayajonni his qilmadik. Biz chempionlar ligasini yutishni istaymiz, shuning uchun dunyoning eng yaxshi klublaridan birini yutishdan boshqa choramiz yo‘q. "Barselona" favoritlardan biri, ammo biz bu mavsumda musobaqada g‘olib chiqmoqchimiz.

"Barselona"ni hurmat qilamiz, ammo ularga muammo yaratish va mag‘lub etish yo‘llarini topamiz. O‘ylaymanki, ular boshqa raqib tushishini istaganlar. Hamma chorak finalda o‘ynashga munosib", - deydi Pyanich.

"Yuventus" - "Barselona" uchrashuvi 11 aprel kuni, javob uchrashuvi esa - 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 16:42, 21.03.2017.
O'qildi: 8314 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик