Kirish Ro'yxatdan o'tish

Corriere dello Sport: Verratti uchun kurashda «Barselona» va «Yuventus» yetakchi

Corriere dello Sport: Verratti uchun kurashda «Barselona» va «Yuventus» yetakchi

Baho:
+ | -

"PSJ" yarim himoyachisi Marko Verratti katta ehtimol bilan mavsum so‘ngida o‘z jamoasini tark etadi. Italiyalik futbolchi o‘z agentidan boshqa jamoalarning taklifini o‘rganishni so‘radi.

24 yoshli futbolchiga "Chelsi", "Bavariya", "Arsenal", "Inter" klublari da’vogarlik qilishmoqda. Ammo Marko Verratti uchun kurashda "Barselona" va "Yuventus" klublari yetakchi bo‘lib turibdi, deya xabar tarqatdi Corriere dello Sport.

"Barselona" vakillari yarim himoyachini anchadan beri kuzatib kelishmoqda va u kelajakda Andres Inyestaning o‘rnini egallashi mumkin.

"Yuventus" sport direktori Beppe Marota yozda Verrattini qo‘lga kiritish istagida ekanini ta’kidlagandi. Ya’ni, turinliklar futbolchini sotib olish uchun katta summadan ham voz kechishga tayyor.

Ma’lumotlarga qaraganda, "PSJ" Marko Verrattini 70 mln yevroga sotishga tayyor.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 08:58, 22.03.2017.
O'qildi: 7974 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик