Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

«Oltin to‘p» – 2017: kurash qanday kechmoqda?

«Oltin to‘p» – 2017: kurash qanday kechmoqda?

Baho:
+ | -

Futbolda eng nufuzli individual sovringa joriy yilda kim ega chiqishini taxmin qilishga hali juda erta bo‘lishga qaramasdan, terma jamoalar o‘yinlari uchun ochilgan tanaffus dastlabki uch oy uchun xulosalarni chiqarishga eng qulay vaqtdir.

Goal nashrining 10 nafar jurnalisti «Oltin to‘p»ga ovoz berish tizimidan foydalanib, joriy yil uchun eng yaxshi futbolchilar beshligini tuzib chiqdi. Bunda har bir jurnalist o‘zi birinchi o‘ringa munosib ko‘rgan futbolchi uchun 5 ochko, 2-o‘ringa 4, 3-o‘ringa 3, 4-o‘ringa 2 va 5-o‘ringa 1 ochko bergan. E’tiboringizga bu reytingni taqdim etamiz.

5-o‘rin. Krishtianu Ronaldu (8 ochko)

Ayni paytda 2016-yilgi «Oltin to‘p» sohibining 2017-yilda ham bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun imkoniyatlari yuqori emas. «Real» bilan Chempionlar Ligasida, Portugaliya bilan Yevropa chemionatida g‘olib chiqqan, Chempionlar Ligasida bir mavsumda 16 gol urib rekord o‘rnatgan Ronaldu 2016-yilni o‘ta yuqori notada o‘tkazib, haqli ravishda o‘zining to‘rtinchi «Oltin to‘p»ini qo‘lga kiritgan edi. Ammo bu mavsumda unga oson bo‘lmayapti.

Statistikaga qaralsa, Ronaldu «Real» safidagi o‘zining eng yomon mavsumini o‘tkazyapti. U barcha musobaqalarda o‘tkazgan 39 o‘yinida «atigi» 25 ta gol urgan. La Liga to‘purarlari bahsida Messi va Suaresdan ortda borayotgan Ronaldu Chempionlar Ligasida hozircha ikkita gol bilan cheklangan. Jismoniy jihatdan ham yaxshi formada bo‘lmagan Ronladu beshinchi «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qilish uchun mavsum oxirini juda yuqori tarzda o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

4-o‘rin. N'Golo Kante (11 ochko)

Bu o‘rinda kutilmaganda paydo bo‘lganiga qaramay, Fransiyalik yarim himoyachi shunga arziydigan o‘yin namoyish etyapti. «Chelsi» safida Angliya chempionligi sari odimlayotgan Kante Premer Liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun ham eng asosiy nomzodlardan sanaladi. U Eden Azardek iste’dodli, Koutinyodek tomoshabop, Zlatan Ibrahimovichdek mashhur bo‘lmasa ham, maydonda bu futbolchilarning har biridan ko‘proq ishni amlaga oshiradi.

Konte murabbiyligida Kante ushbu mavsumda «Chelsi»ning o‘yin uslubini tubdan o‘zgartirishga katta hissa qo‘shdi va hattoki ba’zi muhim o‘yinlarda, masalan, Angliya Kubogi chorak finali doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda hal qiluvhchi golni ham urdi. Uch yil ichida Fransiya uchinchi divizionidan Angliya chempionligigacha sakragan va Fransiya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Kantedan «Oltin to‘p» uchun ham da’vogarlikni kutish mumkin.

3-o‘rin: Antuan Grizmann (23 ochko)

2016-yilgi «Oltin to‘p» poygasida Ronaldu va Messidan keyin birinchi bo‘lgan Fransiyalik hujumchi joriy yilda bu natijani yaxshilay oladimi? «Real Sosedad»ning sobiq futbolchisi ushbu mavsum boshini ko‘ngildagidek o‘tkazmgan bo‘lsa-da, yangi yilda yana o‘zining avvalgi o‘yinini topib olib, «Atletiko»ning qator g‘alabalariga katta hissa qo‘shdi.

Grizmann 2017 yilda barcha musobaqalarda 13 ta gol urishga va 3 ta golga hammualliflik qilishga ulgurdi. Bu «Atletiko»ning ham Chempionlar Ligasi, ham La Ligadagi ishtiroki uchun muhim tayanch bo‘lmoqda. Ispaniya chempionligi uchun kurashga qo‘shilish endi juda qiyin bo‘lsa ham, Chempionlar Ligasida hali imkoniyatlar yuqori va bu musobaqadagi muvaffaqiyatda aynan Grizmanning xizmatlari ulkan bo‘ladi.

2-o‘rin: Neymar (40 ochko)

«Barselona»ning «PSJ»ga qarshi javob o‘yinidagi qahramoni, 7 daqiqa ichida ikkita gol urib, bitta golga assistentlik qilgan braziliyalik futbolchi ayni paytda o‘ta yuksak darajadagi o‘yin namoyish etmoqda. Mavsum boshini kutilganidek o‘tkaza olmaganiga qaramay Neymar ham yangi yilda o‘z o‘yinini topib oldi va «PSJ»ga qarshi o‘yin buning yaqqol isboti bo‘ldi. Chempionlar Ligasida eng yaxshi assistent bo‘lib turgan hujumchi hozirda «Barselona»nin yangi marralar sari yetaklay oladigan darajaga chiqqan.

Neymar hozirda to‘p bilan Messidan ko‘proq muomala qilib, jamoasi o‘yinida ko‘proq qatnashyapti. Kuchli beshlik chempionatlarida ishtirok etuvchi futbolchilar orasida barcha musobaqalarda eng ko‘p assistentlik qilgan (19 ta) Neymar hozircha 35 ta o‘yinda 14 ta gol urishga ham erishgan. Bir necha yillardan buyon Messi va Ronalduning izdoshi sifatida ko‘rilayotgan Neymar nihoyat 2017-yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega.

1-o‘rin: Lionel Messi (41 ochko)

«Valensiya»ga qarshi so‘nggi o‘yinda dubl qayd etgan Messi ushbu mavsumdagi o‘zining barcha musobqalardagi 40 va 41-gollarini urdi. Bu bilan u ketma-ket sakkiz mavsum davomida 40 tadan ortiq gol urayotgan ilk futbolchiga aylandi. Argentinalik futbolchi ham mavsumni yaxshi boshlay olmagandi, biroq hozirga kelib ham Chempionlar Ligasida, ham La Ligada to‘purarlar poygasida yaqqol yetakchilik qilmoqda.

«PSJ»ga qarshi ikkala o‘yinda ham porlay olmaganiga qaramay, Messi «Atletiko» 2:1 hisobida mag‘lub etilgan o‘yinda ikkala golga ham mualliflik qildi, umuman u La Ligada jamoani «tortib» yurgan futbolchidir. Shu yo‘sinda davom etsa, Messi o‘zining oltinchi «Oltin to‘p»ini aynan 2017 yilda qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi.

Reytingga kirgan boshqa futbolchilar: Dris Mertens (7 ochko), Kilian Mbappe (6 ochko), Eden Azar (6 ochko), Serxio Ramos (3 ochko), Tiago Alkantara (3 ochko), Robert Levandovski 1 ochko va Raja Nainggolan (1 ochko).

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:54, 22.03.2017.
O'qildi: 27199 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.