Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Aleksandr Lobanov: «Ishoning, Suriya termasini mag‘lubiyatga uchratamiz»

Aleksandr Lobanov: «Ishoning, Suriya termasini mag‘lubiyatga uchratamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasining suriyaliklarga qarshi kechadigan o‘yini arafasida termamizning birinchi raqamli darvozaboni Aleksandr Lobanovdan intervyu olib, uning muhim uchrashuv arafasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Uchrashuvga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘ryapmiz, - deya so‘z boshladi «Paxtakor» posboni. - Futbolchilarning kayfiyatlari a’lo darajada va o‘ylaymanki, ana shu ko‘tarinkilik 23 mart kungi o‘yindan keyin ham saqlanib qoladi. Bir narsani aniq ayta olaman, barcha o‘yinchilar g‘alaba uchun borlarini berishga tayyor turishibdi.

- Toshkentdan Dubayga parvoz qildinglar va u yerdan Malayziyaga yetib bordinglar. Iqlimga moslashish qanday kechyapti? Umuman, ob-havo haqida gapirsangiz.

- Barchaga ma’lumki, Malayziyada namgarchilik yuqori. Atrofini okean va dengiz o‘rab turadi. Hozirda kun issiq. Uzoq parvozdan keyin ancha o‘zimizga kelib oldik (kuladi).

- Iqlim jamoamizning o‘yiniga hamda natijaga salbiy ta’sir o‘tkazmasmikan?

- Qiyinchilik bo‘ladi, lekin natijaga u darajada ta’sir o‘tkazadi, deya olmayman. Ikkala jamoa futbolchilari ham bir xil sharoitda o‘ynashadi.

- Vitaliy Denisovning maydonga tusha olmasligi haqidagi xabarni terma jamoadagilar qanday qabul qilishdi?

- Albatta, bu biz uchun katta yo‘qotish. Lekin maydonga 11 nafar futbolchi tushadi. Vityaning o‘rnini bildirmaslikka harakat qilamiz. Uning joyini kim egallasa ham, maydonda ikki hissa kuch bilan o‘ynashi shart.

- Raqibni o‘rganish jarayoni qanday ketyapti?

- Yig‘inning ilk kunidanoq Suriya termasini o‘rganishni boshlaganmiz. Raqib qanday kuchga ega ekanligini Janubiy Koreya va Eronga qarshi kechgan o‘yinlarda namoyish etdi. Himoyasi mustahkam. Futbolchilari haqiqiy jangovar ruhda. Jismonan juda yaxshi tayyorgarlikka ega. Bejizga guruhimiz peshqadamlaridan ochko tortib olishmadi.

- Siz aytgandek, J.Koreya ham, Eron ham suriyaliklar darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Bu holat sizlarni tashvishga solmayaptimi?

- Yo‘q. Ishonchim komil, biz Suriya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qila olamiz. Buni Toshkentdagi o‘yinda ham isbotlaganmiz.

- Sizningcha, suriyaliklar himoyaviy taktika tanlasharmikan?

- Ha, menimcha himoyadan o‘ynashadi. Har holda ochiq futbol namoyish etishmasa kerak. Qarshi hujumda bizni jazolashga urinib ko‘rishadi. Shundan ehtiyot bo‘lish lozim.

- Bu esa bizning vazifamizni og‘irlashtiradi, shundaymi?

- Zamonaviy futbolda «avtobus» degan tushuncha paydo bo‘lgan. Lekin mezbon sifatida hujum uyushtirishga majburlar, chunki ular ham ochko olishlari kerak.

- Suriya termasini nimaning evaziga mag‘lub etishimiz mumkin?

Bu hali hammasi emas davomi: www.iff.uz

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:39, 23.03.2017.
O'qildi: 12494 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.