Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“YAngi Messi, qizil Pirlo” va boshqa kulgili qiyoslashlar

“YAngi Messi, qizil Pirlo” va boshqa kulgili qiyoslashlar

Baho:
+ | -

Goal nashri futbol olamidagi g‘alati va kulguga sabab bo‘luvchi qiyoslashlarni tuzib chiqdi.

Jo Koul - Lionel Messi – Stiven Jerard 2010 yilda “Liverpul” safiga tekinga kelib qo‘shilgan hamyurti haqidagi maqtovi haqida ba’zan afsuslanishi aniq. U shunchaki Jo Koulni Messidan ham yaxshi deb ta’riflagandi. Biroq, tarixni qaytarib bo‘lmaydi.

Muhammad Saloh - Lionel Messi – “Misrlik Messi” Salohni ham “Chelsi”ga kelmasidan oldin shunday atashardi. “Aristokratlar” safida o‘z o‘yinini topa olmagan “Misrlik Messi” hozirda “Roma”da ko‘ngildagidek o‘yin namoyish etmoqda, deyishimiz mumkin.

Jek Koulbek - Andrea Pirlo – vaqtida ko‘rsatgan chiroyli o‘yinlari bilan Angliya terma jamoasi safiga chaqirilgan Jekni 2013 yilda terma jamoa ustozi Roy Hojson “qizil Pirlo” deb atagandi. Hozirda “qizil Pirlo” Chempionshipda o‘z mahoratini toblamoqda.

Freddi Adu - Pele – ko‘rsatgan mahoratlari evaziga Pelega qiyoslangan Adu futboldagi professional faoliyatini yuqori notada boshlagandi. 2004 yilda “DC Yunayted” bilan shartnoma imzolagan 14 yoshli “amerikalik Pele” shu bilan yo‘q bo‘lib ketdi.

Loran Koselni - Fabio Kannavaro – fransiyalik himoyachi jamoaga endigina kelib qo‘shilgan vaqtida Arsen Venger uni “yangi Kannavaro” deb atagandi. Biroq, ikki himoyachining o‘xshashliklaridan ko‘ra farqlari ko‘proq bo‘lsa kerak.

Klaudio Della Penya - Franchesko Totti – “Roma”da yosh bo‘lishiga qaramasdan yuqori saviyasini ko‘rsatgan Della Penyani darhol “yangi Totti” deb atashdi. 2010 yilda 3-divizion vakili “Ternana”ga ijaraga berilganidan keyin “yangi Totti” ham yo‘qolib ketdi.

Fil Jons - Jon Terri/Franko Barezi/Dunkan Edvords – Fil Jonsni ko‘proq xorijlik hamkasblariga o‘xshatishgan. “Blekbern”dagi ustozi Stiv Kin uni Jon Terriga o‘xshatgandi, Fabio Kapello esa Franko Bareziga, Ser Aleks Fergyuson va Ser Bobbi Charlton uni “qizil iblislar” afsonasi Dunkan Edvords o‘xshatgandi. 25 yoshli Fil Jons esa hozirda ular ko‘rsatgan o‘yinni namoyish eta olganicha yo‘q.

Adama Traore - Messi/Ibrahimovich/Ronaldu – “Aston Villa” bu yosh futbolchini o‘z safiga qo‘shib olgan payti, klub bosh murabbiyi Tim Shervud Traore “Messi, Ibrohimovich, Ronaldu”larning birlashgan shakli deya ta’rif bergandi. Hozirda Premer Ligada 186 daqiqa o‘yin o‘tkazgan Traore o‘z hisobiga birorta gol ham yozib qo‘yolganicha yo‘q.

Jo Allen - Xavi – Brendan Rojers “Suonsi”dan “Liverpul” safiga kelib qo‘shilgan Allenni shunchaki “Uelslik Xavi” deb atadi. Hozirda Joning o‘yinlarini ko‘rib, Brendan Rojers qattiq adashganini fahmlagan bo‘lsa kerak.

Ueyn Runi - Pele – 2010 yilgi mundialdan oldin Runi yuqori sport formasida edi va Britaniya matbuoti tomonidan “oq tanli Pele” deb e’tirof etildi. Mundialda esa Runi terma jamoasi bilan omadsizlikka uchradi.

Gael Kakuta - Zidan – futbol olamida “yangi Zidan”lar talaygina topiladi. Kakuta ham shulardan biri. 2007 yili “Chelsi”ga kelib qo‘shilgan Kakuta o‘ta iqtidorli yosh futbolchi edi. Keyinchalik 6 klubga ijaraga berilgan Gael hozirda “Deportivo” safida to‘p surmoqda.  

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 13:59, 23.03.2017.
O'qildi: 18639 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.